O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.9K photos
3.03K videos
323 files
9.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talaba-yoshlari tomonidan Adiblar xiyoboni hududida joylashgan Aleksandr Faynberg haykali poyida maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar tomonidan atoqli adib ijodidan namunalar oʻqildi, sheʼrlar mutolaa qilinib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi. Bu jarayon yoshlarning badiiy tafakkurini rivojlantirish, adabiyotga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, tadbir doirasida turli sport mashgʻulotlari va jamoaviy oʻyinlar oʻtkazilib, talabalar oʻrtasida jismoniy faollikni kuchaytirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur tashrif talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni maʼnaviy va jismoniy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan tadbirlardan biri sifatida oʻtkazildi. Bu kabi tashriflar reja-jadval asosida izchil davom ettirilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎬 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi e’lon qilinadi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga!

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimizda “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘tkaziladi.

🗓️ Taqdim etish muddati: 2026-yil 14 - mayga qadar

🎯 Tanlov maqsadi:

• Yoshlar o‘rtasida tarixiy xotirani mustahkamlash
Vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish
• Talabalarning kino va media sohasidagi ijodiy salohiyatini rivojlantirish
Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini targ‘ib qilish

🎥 Tanlov yo‘nalishlari:

• Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari hayoti
• Vatan himoyachilari haqida hikoyalar
• Tarixiy xotira va milliy qadriyatlar
• Yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik g‘oyalari

Tanlovda qatnashish:

• Bakalavriat va magistratura talabalari
• Yakka tartibda yoki jamoa (5 kishigacha)
• 5–15 daqiqalik hujjatli film taqdim etiladi.

Nizom bilan tanishing

📥 Murojaat qilish tartibi:

• Tayyorlangan filmlar fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlariga topshiriladi

🧾 Baholash mezonlari:

• Mavzuning dolzarbligi
• Film mazmuni va g‘oyasi
• Ssenariy va rejissura
• Tasvir va montaj sifati
Ijodiy yondashuv

🏆 Mukofotlar:

Yakka ishtirokchilar uchun:
🥇1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari + diplom
🥈2-o‘rin – 1,5 barobari + diplom
🥉3-o‘rin – 1 barobari + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar uchun:
• Har bir a’zoga mos ravishda bazaviy stipendiya miqdorida rag‘batlantirish

Barcha faol ishtirokchilar diplom yoki tashakkurnoma bilan taqdirlanadi

📞 Tanlovga murojaat va ijodiy ishlarni topshirish uchun:
99-096-37-80
@javoxfx

📌 Eslatma:
Filmlar mustaqil tayyorlangan, sifatli va plagiatsiz bo‘lishi shart.

🗓 Natijalar: Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ pinned «🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🎬 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi e’lon qilinadi! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga! 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimizda “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘tkaziladi. 🗓️ Taqdim…»
Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari tarixiy shaharlar bo‘ylab amaliy safarda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari Buxoro va Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Buxoro shahrida tinglovchilar Poi-Kalon majmuasi, Ark qal’asi, Somoniylar maqbarasi, Lyabi-Havuz majmuasi kabi muhim tarixiy obidalarni ziyorat qilib, milliy hunarmandchilik an’analari bilan tanishdilar hamda xorijiy sayyohlar bilan amaliy muloqot olib bordilar.

Samarqand shahrida esa Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Gur-Amir maqbarasi, Shohi Zinda nekropoli kabi muqaddas va tarixiy maskanlar bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Shuningdek, tinglovchilar Samarqand davlat chet tillari instituti talabalari bilan tajriba almashib, kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar xorijiy sayyohlar bilan muloqotga kirishib, ularga tarixiy obidalar haqida xorijiy tillarda ma’lumot berish ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rdilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur amaliy safar 28-apreldan 3-mayga qadar Xiva – Buxoro – Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏4🔥2🤩1
📚Universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Ijtimoiy - psixologik muhitni yaxshilash bo'limi mutaxassisi D.Matyakubova hamda Ingliz tili 1-fakulteti tyutori D.Xurramova tomonidan 1-kurs talaba qizlari uchun psixologik seminar tashkil etildi.

🖇Seminar davomida talaba qizlar bilan psixologik barqarorlikni mustahkamlash, stressni boshqarish, shaxsiy rivojlanish, muloqot madaniyati hamda ta’lim jarayoniga moslashish kabi dolzarb mavzularda suhbatlar olib borildi.

📌Tadbir jarayonida ishtirokchilarga turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va ijobiy fikrlashni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

❇️Mazkur seminar talaba qizlarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
4