O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.9K photos
3.03K videos
323 files
9.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 🇺🇿 Tarjimonlik fakultetida Ijtimoiy psixologik muhit bilan ishlash boʻlimi boshligʻi F.Xabiyeva va 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi fakultet koordinatori tashabbusi bilan qatag‘on qurbonlaridan biri — Mulla Abduvahhob Ibodiy xotirasini abadiylashtirish, uning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib o'tdi.

Jumladan, talabalar o‘rtasida mazkur shaxsning ma’rifiy merosi va ijtimoiy faoliyati haqida ma'lumotlar berib oʻtildi.

Mazkur tadbirlar yosh avlodni tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, millatimiz ma’naviy merosini asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram Telegram
🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
Forwarded from 3rd English faculty (Jasmina)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari — Xolmurodova Z. Avazova M. hamda Sadullayev F. tashabbusi bilan “Shon-sharaf muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Ushbu tashrif davomida Millat fidoyilari xiyoboniga borilib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Mazkur maskan – mardlik va fidoyilik timsoli bo‘lib, u yerda har bir yodgorlik va haykal buyuk ajdodlarimizning hayoti va jasoratidan so‘zlaydi.

Bu muhit inson qalbida chuqur o‘y uyg‘otib, o‘z tariximizni anglash va kelajak oldidagi burchimizni his etishga undaydi.

Ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligi biz uchun doimo ilhom manbai bo‘lib qoladi. Ularning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

🌐 Batafsil: https://t.me/thirdEnglishfaculty⁠�
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🟦🟦🟦

Yana bir faxrli yutuq!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Ziyodullayeva Rushana Zavqiy qizi “Jadidlar” xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yil talabasi – 2026” xalqaro ilmiy tanlovida munosib ishtirok etib, o‘zining yuqori ilmiy salohiyati hamda ilmiy maqolasi bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur muvaffaqiyatda ilmiy rahbari — Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi N. K. Sadullayevaning ham munosib hissasi bor.

Talabamiz tanlovda “A generational paradigm: Analyzing the socio-economic influence of Gen Z” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan qatnashib, zamonaviy jamiyatda Gen Z avlodining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini chuqur va tahliliy yoritib berdi.

Ushbu yutuq — talabamizning izlanishi, bilimga bo‘lgan cheksiz intilishi va qat’iyati samarasi. Shu o‘rinda ustozga ham chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Biz siz bilan faxrlanamiz! Sizning bu yutug‘ingiz boshqa talabalarga ham katta motivatsiya va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ziyodullayeva Rushana Zavqiy qiziga kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥3👏2👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talaba-yoshlari tomonidan Adiblar xiyoboni hududida joylashgan Aleksandr Faynberg haykali poyida maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar tomonidan atoqli adib ijodidan namunalar oʻqildi, sheʼrlar mutolaa qilinib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi. Bu jarayon yoshlarning badiiy tafakkurini rivojlantirish, adabiyotga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, tadbir doirasida turli sport mashgʻulotlari va jamoaviy oʻyinlar oʻtkazilib, talabalar oʻrtasida jismoniy faollikni kuchaytirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur tashrif talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni maʼnaviy va jismoniy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan tadbirlardan biri sifatida oʻtkazildi. Bu kabi tashriflar reja-jadval asosida izchil davom ettirilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎬 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi e’lon qilinadi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga!

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimizda “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘tkaziladi.

🗓️ Taqdim etish muddati: 2026-yil 14 - mayga qadar

🎯 Tanlov maqsadi:

• Yoshlar o‘rtasida tarixiy xotirani mustahkamlash
Vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish
• Talabalarning kino va media sohasidagi ijodiy salohiyatini rivojlantirish
Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini targ‘ib qilish

🎥 Tanlov yo‘nalishlari:

• Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari hayoti
• Vatan himoyachilari haqida hikoyalar
• Tarixiy xotira va milliy qadriyatlar
• Yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik g‘oyalari

Tanlovda qatnashish:

• Bakalavriat va magistratura talabalari
• Yakka tartibda yoki jamoa (5 kishigacha)
• 5–15 daqiqalik hujjatli film taqdim etiladi.

Nizom bilan tanishing

📥 Murojaat qilish tartibi:

• Tayyorlangan filmlar fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlariga topshiriladi

🧾 Baholash mezonlari:

• Mavzuning dolzarbligi
• Film mazmuni va g‘oyasi
• Ssenariy va rejissura
• Tasvir va montaj sifati
Ijodiy yondashuv

🏆 Mukofotlar:

Yakka ishtirokchilar uchun:
🥇1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari + diplom
🥈2-o‘rin – 1,5 barobari + diplom
🥉3-o‘rin – 1 barobari + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar uchun:
• Har bir a’zoga mos ravishda bazaviy stipendiya miqdorida rag‘batlantirish

Barcha faol ishtirokchilar diplom yoki tashakkurnoma bilan taqdirlanadi

📞 Tanlovga murojaat va ijodiy ishlarni topshirish uchun:
99-096-37-80
@javoxfx

📌 Eslatma:
Filmlar mustaqil tayyorlangan, sifatli va plagiatsiz bo‘lishi shart.

🗓 Natijalar: Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ pinned «🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🎬 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi e’lon qilinadi! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga! 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimizda “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘tkaziladi. 🗓️ Taqdim…»