#SportKuni
⚽️🏐🏓♟ “Sport kuni” — sog‘lom hayot sari yana bir qadam!
Prezident topshirig‘iga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommaviy sportni keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida haftaning bir kuni “Sport kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu tashabbus doirasida navbatdagi sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
🏟 Bugun universitet xodimlari ishtirokida bir qator sport bellashuvlari o‘tkazildi. Xususan, erkaklar o‘rtasida futbol bo‘yicha qizg‘in o‘yinlar tashkil etilib, jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Ayol xodimalar esa voleybol musobaqalarida faol ishtirok etib, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
♟ Shuningdek, universitet xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka, stol tennisi bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda barcha rahbariyat vakillari faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Musobaqalar davomida ko‘tarinki ruh, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat hukm surib, ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.
💙 Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishdan iborat.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚽️🏐🏓♟ “Sport kuni” — sog‘lom hayot sari yana bir qadam!
Prezident topshirig‘iga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommaviy sportni keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida haftaning bir kuni “Sport kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu tashabbus doirasida navbatdagi sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda barcha rahbariyat vakillari faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Musobaqalar davomida ko‘tarinki ruh, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat hukm surib, ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Ijara xonadonlariga tashrif
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U. Nazarov hamda tyutorlar G. Odilova, X. Kurbanova, X. Ravshanov va Sh. Vaxidov tashabbusi bilan talabalar ijara xonadonlariga tashrif amalga oshirildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, yashash uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, gaz plitalari, issiqlik tizimlari hamda elektr energiyasi manbalarining texnik holati va xavfsizlik talablariga muvofiqligi sinchiklab tekshirildi.
Shu bilan birga, talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida ularning o‘quv jarayoniga oid fikr-mulohazalari, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi. Talabalar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik hamda taʼlim jarayonida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook

Forwarded from UzSWLU sports club
🌐 “Amir Temur vorislari” musobaqasi: kuch, iroda va g‘alaba sari intilish
30-aprel kuni Oʻzbekiston milliy universiteti sport maydonida "Amir Temur vorislari" harbiy-sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada poytaxtimizning 30 dan ortiq universitet terma jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Musobaqa ishtirokchilari quyidagi turlar boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi:
-> 100 m. masofaga yugurish
-> Turgan joyidan uzunlikka sakrash
-> Granata uloqtirish
-> Turnikda tortilish.
Jamoaning har bir ishtirokchisi ushbu shartlarni bajargan holda umumiy ochkolar hisobiga balli tizimda natijalari hisoblab borildi.
🔥 Quvonarlisi, Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Aliqulova Feruza Erkinovna granata uloqtirish shartida barcha raqiblaridan ustun kelib, yuqori mahorat va kuch namoyon etgan holda eng uzoq — 30 metr masofaga uloqtirish natijasini qayd etdi.
🥉 Yakunda universitetimiz terma jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

👍6❤3
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xatiga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kontrakt to‘lovlarini qoplash ishlari tashkil etildi.
Mazkur topshiriq doirasida universitetda talabalar ijtimoiy holati o‘rganilib, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan 105 nafar talaba ro‘yxati shakllantirildi. Ularning 2025–2026 o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovlarini qoplash bo‘yicha hujjatlar tayyorlanib, belgilangan tartibda taqdim etildi. Natijada ajratilgan mablag‘lar universitet hisob raqamiga to‘liq o‘tkazildi.
Bugun universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga tashrif buyurib, universitet vakillari bilan birgalikda fond mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy yordam alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida universitet nomidan tashakkurnoma topshirilib, ko‘rsatilgan yordam va samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.
Mazkur qo‘llab-quvvatlash talabalarning o‘qishni uzluksiz davom ettirishiga imkon bermoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1👏1