O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.3K photos
3.04K videos
323 files
9.86K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 1-may kuni O’zDJTUda oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali Soatova Malika Sayfitdinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida harbiy nutq birliklarining lingvistik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur dissertatsiya filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan bo‘lib, unda ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi harbiy nutq birliklarining lingvistik jihatlari qiyosiy tahlil asosida keng yoritib berildi.

Muhokama davomida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati alohida ta’kidlanib, ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar va qizg‘in fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#SportKuni

⚽️🏐🏓 “Sport kuni” — sog‘lom hayot sari yana bir qadam!

Prezident topshirig‘iga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommaviy sportni keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida haftaning bir kuni “Sport kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu tashabbus doirasida navbatdagi sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.

🏟 Bugun universitet xodimlari ishtirokida bir qator sport bellashuvlari o‘tkazildi. Xususan, erkaklar o‘rtasida futbol bo‘yicha qizg‘in o‘yinlar tashkil etilib, jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Ayol xodimalar esa voleybol musobaqalarida faol ishtirok etib, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Shuningdek, universitet xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka, stol tennisi bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda barcha rahbariyat vakillari faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Musobaqalar davomida ko‘tarinki ruh, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat hukm surib, ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.

💙Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishdan iborat.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Ijara xonadonlariga tashrif

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U. Nazarov hamda tyutorlar G. Odilova, X. Kurbanova, X. Ravshanov va Sh. Vaxidov tashabbusi bilan talabalar ijara xonadonlariga tashrif amalga oshirildi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, yashash uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, gaz plitalari, issiqlik tizimlari hamda elektr energiyasi manbalarining texnik holati va xavfsizlik talablariga muvofiqligi sinchiklab tekshirildi.

Shu bilan birga, talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida ularning o‘quv jarayoniga oid fikr-mulohazalari, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi. Talabalar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik hamda taʼlim jarayonida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4