O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.3K photos
3.04K videos
323 files
9.86K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Yoshlar bandligi va ta’lim uzviyligi yo‘lida muhim qadam!

2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Karyera markazi vakillari Alfraganus universitetida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”da faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida:
🔹 yetakchi tashkilot va kompaniyalar vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi
🔹 bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi
🔹 amaliyot va bandlik imkoniyatlari yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi

Yarmarka doirasida:
💙mavjud vakant ish o‘rinlari taqdim etildi
💙ishga qabul qilish talablari tushuntirildi
💙yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ochib berildi

Shuningdek, uchrashuvlar jarayonida Alfraganus universiteti bakalavr bosqichi talabalarini O‘zDJTU magistratura bosqichida tahsil olishga jalb etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bu esa oliy ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur tashrif natijasida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish borasida muhim qadamlar qo‘yildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
#SoʻraganEdingiz

SAVOL: Ilmiy-ommabop maqola nima?

JAVOB: Ilmiy-ommabop maqola
— bu fanning murakkab nazariyalari, tadqiqot natijalari va texnologik kashfiyotlarini keng ommaga tushunarli, jozibali va qiziqarli tilda bayon etuvchi publitsistik janrdir. Uning asosiy xususiyati — akademik terminologiya va og‘ir ilmiy uslubni kundalik hayotga yaqin bo‘lgan jonli tilga “tarjima qilish” orqali fanni hamma uchun ochiq va tushunarli qilishdan iborat.

Ilmiy-ommabop maqolaning asosiy maqsadlari:

ilm-fanning so‘nggi yutuqlari va innovatsion g‘oyalarni jamiyatning barcha qatlamlariga yetkazish;

yoshlarda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish, fanni istiqbolli faoliyat sohasi sifatida targ‘ib qilish;

keng jamoatchilikda dunyoqarashni kengaytirish va ilmiy asoslangan ma’lumotlarni noto‘g‘ri yoki asossiz qarashlardan farqlash ko‘nikmasini shakllantirish;

ilm va jamiyat o‘rtasida o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni ta’minlovchi muloqot maydonini yaratish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠

🇺🇿Sport orqali ruhiy sog‘lomlik” shiori ostida joriy yilning 1-may sanasida navbatdagi sport o‘yinlari yuqori saviyada tashkil etildi.

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, sportning voleybol turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Mazkur sport tadbiri nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki ishtirokchilarning psixologik farovonligini ta’minlashga ham xizmat qildi.

Xususan, jamoaviy o‘yin jarayonida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, emotsional barqarorlik, stressni kamaytirish hamda ichki motivatsiyani kuchaytirish kabi muhim psixologik omillar namoyon bo‘ldi.

Shuningdek, muntazam jismoniy faollik insonning kognitiv funksiyalarini yaxshilash, o‘z-o‘zini anglash darajasini oshirish va psixologik rezilientlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sport musobaqasi doirasida Birinchi ingliz fakulteti jamoasi hamda “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” jamoasi o‘rtasida qizg‘in bahs kechdi.

Har ikkala jamoa ham o‘zaro munosib raqobat ko‘rsatib, faol ishtirok etdilar.

#UzDJTU
#Sport
#harjuma
#Voleybol

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🎉1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⚽️ Sport — sogʻliq garovidir!

Joriy yilning 29-aprel kuni Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori S. Fozilova hamda 2516-guruh talabasi Mirzaolimova Dilafroʼz va 2514-guruh talabasi Jalolova Charos tashabbusi bilan qizlar oʻrtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

🏐 Musobaqada bir nechta guruh jamoalari faol ishtirok etib, oʻz mahoratlarini namoyon etdilar.

🥇 1-oʻrin“Diva’s” jamoasi
🥈 2-oʻrin“Power Hitters” jamoasi

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sportga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Bellashuvlar qizgʻin va murosasiz ruhda kechdi. Har bir jamoa gʻalaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Yakunda gʻolib jamoalar diplom va sertifikatlar bilan munosib taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 1-may kuni O’zDJTUda oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali Soatova Malika Sayfitdinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida harbiy nutq birliklarining lingvistik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur dissertatsiya filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan bo‘lib, unda ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi harbiy nutq birliklarining lingvistik jihatlari qiyosiy tahlil asosida keng yoritib berildi.

Muhokama davomida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati alohida ta’kidlanib, ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar va qizg‘in fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4