O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.1K photos
2.92K videos
323 files
9.51K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
Ogohlik – davr talabi! ⚡️

Bugun universitetimizda Uchtepa tumani Ichki ishlar hodimlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining professor-o‘qituvchilari ishtirokida keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.


Xavfsizlik qoidalariga amal qiling va o‘zingizni ehtiyot qiling❗️

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
3👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

FAKULTETIMIZ FAXRLARI — IQTIDORLI TALABALAR EʼTIROFI

Qoʻshma taʼlim fakultetida maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishida faol ishtirok etib, oʻzining namunali xulqi, yuksak tarbiyasi hamda ilmiy yutuqlari bilan ajralib turgan iqtidorli talabalar munosib ragʻbatlantirildi.

Mazkur talabalar turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xalqaro tanlovlar va jamoat ishlarida faol qatnashib, tengdoshlari uchun munosib namuna boʻlib kelmoqda.

Fakultetimiz koʻrki va faxri boʻlgan iqtidorli talabalar:
• Nuralliyeva Sarvinoz
• Toshpoʻlotova Sohiba
• Butayeva Baharoy
• Normurodov Xudoyor
• Qoʻvondiqova Habiba

Ushbu talabalar tyutor Mannonova Nilufar rahbarligida fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlanib, erishgan yutuqlari hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun tashakkurnomalar bilan mukofotlandi.

Shuningdek, talabalarning ota-onalariga farzand tarbiyasiga qoʻshgan hissasi va doimiy qoʻllab-quvvatlab kelayotganliklari uchun fakultet dekanati tomonidan samimiy minnatdorchilik bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
Profilaktik tadbir

🇺🇿 14-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi vakillari — mayor M. Bayxurozov, podpolkovnik O‘. Imomnazarov, mayor F. Xafizov, shuningdek kursant D. Qahramov hamda Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi, leytenant D. Saidov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblangan kiberjinoyatchilik, uning turlari, kelib chiqish sabablari hamda oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tushuntirib o‘tildi.

Mutaxassislar tomonidan talabalarga axborot xavfsizligiga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet tarmog‘idan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Ushbu profilaktik uchrashuv talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni turli xavf-xatarlardan ogoh etish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
Forwarded from UzSWLU sports club
🏆🏆🏆🏆🏆GʻALABA🏆🏆🏆🏆

🏓 13-14-aprel kunlari Toshkent shahar transport universiteti sport zalida sportning stol tennisi turi boʻyicha talabalar oʻrtasida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining Toshkent shahar birinchiligi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada poytaxtimizning 50 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari murosasiz bahslarga kirishishdi.

🔥Yakunda OʻzDJTU terma jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib faxrli 1-oʻrinni egallashdi hamda RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi!

Sportchilarimizga Respublika bosqichida ham omad tilab qolamiz!
👏113👍3
🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-76-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek ta’lim sifatini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ekspertlar salohiyatini rivojlantirish maqsadida seminar-trening tashkil etilmoqda.

📍 Tadbir joyi: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
📅 Sana: 2026-yil 15-aprel
🕑 Vaqti: 14:00

Mazkur seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ekspertlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tashqi baholash bo‘yicha malaka oshirish, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajribani joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Seminar taniqli olim, professor va xalqaro ekspert — Anthony Liddicoat tomonidan olib boriladi.

Professor Anthony Liddicoat Buyuk Britaniyaning nufuzli Warwick universiteti professori, Scopus bazasida Q1 toifasiga kiruvchi Current Issues in Language Planning jurnalining bosh muharriri, shuningdek yuqori ilmiy ko‘rsatkichlarga ega xalqaro miqyosdagi yetakchi olimlardan biridir.

🎓 Seminar-treningda professor-o‘qituvchilarni faol ishtirok etishga taklif etamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

14-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlik doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari universitetga tashrif buyurib, Talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi E. Baxodirova tomonidan samimiy kutib olindi. Tashrif jarayonida o‘quvchilarga universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mehmonlar universitet kutubxonasi, muzeyi hamda zamonaviy jihozlangan sinxron tarjima xonalari bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan infratuzilma hamda talabalik hayotining o‘ziga xos jihatlari haqida tushunchalar berildi.

🎓 “Ochiq eshiklar kuni” o‘quvchilarga oliy ta’lim muhitini bevosita his etish, kelajakdagi ta’lim yo‘lini aniqroq tasavvur qilish va o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yish imkonini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🤩1