Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
Talabalarimiz xalqaro e'tirofda!
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2325-guruh talabasi Azamat Jo'raxonov "Pinnacle science" ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi miqiyosida tashkil etilgan maqolalar tanlovida munosib ishtirok etib, "Vatan faxri" esdalik ko'krak nishoniga sazovor bo'ldi.Talabamizning ilmiy muvaffaqiyatida fakultet dekani Yu. Azzamov hamda ilmiy rahbari X. Bannopovaning munosib hissalari bor. Ushbu muvaffaqiyat bilan ularni muborakbod etib, ilmiy izlanishdan to'xtamasliklarini hamda yutuqlari bardavom bo'lishini tilaymiz!
🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥5👍1
Forwarded from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍 👍👍👍
🎓 Chet elda ta’lim, startap loyihalar va nufuzli stipendiyalar — bularning barchasi bir joyda.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi siz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Agar siz:
🤩 o‘z ustingizda ishlashni istasangiz
🤩xalqaro tajriba orttirishni maqsad qilgan bo‘lsangiz
🤩o‘z g‘oyalaringizni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz
🤩ushbu imkoniyatlardan foydalaning.
“ Zero, kelajak — bugungi qarorlaringizga bog‘liq.”
https://t.me/iqtidorli_talabalar_uzdjtu

👍5❤2🔥1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
Ogohlik – davr talabi! ⚡️
Bugun universitetimizda Uchtepa tumani Ichki ishlar hodimlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining professor-o‘qituvchilari ishtirokida keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Xavfsizlik qoidalariga amal qiling va o‘zingizni ehtiyot qiling❗️
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Xavfsizlik qoidalariga amal qiling va o‘zingizni ehtiyot qiling❗️
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
❤3👍1
FAKULTETIMIZ FAXRLARI — IQTIDORLI TALABALAR EʼTIROFI
Qoʻshma taʼlim fakultetida maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishida faol ishtirok etib, oʻzining namunali xulqi, yuksak tarbiyasi hamda ilmiy yutuqlari bilan ajralib turgan iqtidorli talabalar munosib ragʻbatlantirildi.
Mazkur talabalar turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xalqaro tanlovlar va jamoat ishlarida faol qatnashib, tengdoshlari uchun munosib namuna boʻlib kelmoqda.
Fakultetimiz koʻrki va faxri boʻlgan iqtidorli talabalar:
• Nuralliyeva Sarvinoz
• Toshpoʻlotova Sohiba
• Butayeva Baharoy
• Normurodov Xudoyor
• Qoʻvondiqova Habiba
Ushbu talabalar tyutor Mannonova Nilufar rahbarligida fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlanib, erishgan yutuqlari hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun tashakkurnomalar bilan mukofotlandi.
Shuningdek, talabalarning ota-onalariga farzand tarbiyasiga qoʻshgan hissasi va doimiy qoʻllab-quvvatlab kelayotganliklari uchun fakultet dekanati tomonidan samimiy minnatdorchilik bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3
Profilaktik tadbir
🇺🇿 14-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi vakillari — mayor M. Bayxurozov, podpolkovnik O‘. Imomnazarov, mayor F. Xafizov, shuningdek kursant D. Qahramov hamda Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi, leytenant D. Saidov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblangan kiberjinoyatchilik, uning turlari, kelib chiqish sabablari hamda oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tushuntirib o‘tildi.
Mutaxassislar tomonidan talabalarga axborot xavfsizligiga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet tarmog‘idan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Ushbu profilaktik uchrashuv talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni turli xavf-xatarlardan ogoh etish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook

❤4👍2
Forwarded from UzSWLU sports club
🏆🏆🏆🏆🏆GʻALABA🏆🏆🏆🏆
🏓 13-14-aprel kunlari Toshkent shahar transport universiteti sport zalida sportning stol tennisi turi boʻyicha talabalar oʻrtasida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining Toshkent shahar birinchiligi boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqada poytaxtimizning 50 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari murosasiz bahslarga kirishishdi.
🔥Yakunda OʻzDJTU terma jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib faxrli 1-oʻrinni egallashdi hamda RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi!
Sportchilarimizga Respublika bosqichida ham omad tilab qolamiz!

👏11❤3👍3