O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47K photos
2.91K videos
323 files
9.5K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🔷🔷🔷🔷▪️▪️▪️▪️

13-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Buyuk Britaniyaning University of Warwick professori, Scopus bazasidagi Q1 toifasiga kiruvchi nufuzli jurnal bosh muharriri, xalqaro miqyosda tan olingan yetakchi tadqiqotchi Anthony Liddicoat boshchiligida “Global Research Visibility: How to Publish in International Journals” mavzusidagi yuqori darajadagi seminar-treningning ilk sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningning birinchi sessiyasi mazmunan boy va interaktiv ruhda tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga xalqaro ilmiy nashrlarda maqola chop etishning samarali strategiyalari, ilmiy tadqiqotlar ko‘rinuvchanligini global darajada oshirish usullari hamda akademik yozuv va maqola topshirish jarayonining bosqichma-bosqich tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur sessiya davomida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda yosh olimlar o‘z ilmiy faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va uni global ilmiy maydonga olib chiqishga alohida qiziqish bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
🟦🟦🟦

YANGI YUTUQ VA NAVBATDAGI MUHIM QADAM!

Magistratura talabasi Sadoqatxon Mirzajonova boshchiligidagi gandbol jamoasi yana bir muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunladi.

Jamoa Toshkent shahar bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli natijani qayd etdi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 🇺🇿

Barcha jamoa a’zolarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz. Respublika bosqichida ularga yanada katta muvaffaqiyat va g‘alabalar tilaymiz!

Oldinda yanada yuksak natijalar va katta marralar kutmoqda!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Davronova Zulfiya Boboyevna 2026-yil mart oyida Qozog‘iston Respublikasi, Astana shahrida “BILIM-ORKENIETI” Milliy innovatsion ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan “ЛУЧШИЙ ПЕДАГОГ СНГ” (“MDHning eng yaxshi pedagogi”) xalqaro tanlovida munosib ishtirok etib, g‘olib deb topildi.

🔺 Ustozimiz o‘zining ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari va erishgan yutuqlari bilan yuqori baholanib,
🏅 maxsus ko‘krak nishoni,
📜 I-darajali xalqaro diplom hamda
🏆 “MDHning eng yaxshi pedagogi” statuetkasi bilan taqdirlandi.

💠 Mazkur tanlov pedagoglar salohiyatini oshirish, innovatsion ta’lim yondashuvlarini rivojlantirish va xalqaro miqyosda tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

🎉 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi Davronova Zulfiya Boboyevnani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi ilmiy hamda pedagogik faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaydi!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏4🔥3🎉2👍1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
❗️❗️❗️

🎉 Nomdor stipendiyalarga erishmoqchimisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Unda bu webinar aynan siz uchun!

🗓 15-aprel kuni, 2-Ingliz fakultetida Navoiy stipendiyasiga va Prezident Grantiga tayyorlanish va muvaffaqiyatli nomzod bo‘lish yo‘llari haqida maxsus tadbir o‘tkaziladi.

📚 Seminar davomida siz:
• Nomdor stipendiya nima, uning talablari va tanlov jarayoni haqida aniq, tushunarli ma’lumot olasiz.
• Kuchli portfolioni qanday yaratish, arizani to‘g‘ri to‘ldirish va e’tibor tortadigan nomzod bo‘lish bo‘yicha amaliy strategiyalarni o‘rganasiz.

🎤 Tadbirni Navoiy stipendiyasi sohibasi — Turdiyeva Zahro va Prezident Granti sohibasi- Shahlo Bahriddinova olib boradi. Ular o‘z tajribalari, qilgan xatolari, foydali usullari va muvaffaqiyatgacha bo‘lgan aniq bosqichlari bilan o‘rtoqlashadi. Barcha savollaringizga batafsil javob beriladi.

📆Sana:2026 yil. 15-aprel

📍 Manzil: O'zDJTU, xorijiy til va adabiyoti 2-fakulteti, 201-xona

Soat: 11:00

📩 Ro'yxatdan o'tish uchun: @shahlo_bahriddinova
3👍1🔥1🎉1
PSIXOLOGIK SUHBAT O‘TKAZILDI

2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixologik suhbat tashkil etildi. Unda psixolog Z. Xayrullaeva, mutaxassis O. Artkova hamda tyutor C. Muxitdinova ishtirok etdi.

Suhbat davomida talabalarning ta’limga bo‘lgan motivatsiyasi, uning ichki va tashqi omillari hamda o‘quv jarayoniga munosabati tahlil qilindi. Shuningdek, ularning qiziqishlari va duch kelayotgan qiyinchiliklari muhokama qilinib, amaliy tavsiyalar berildi.

Jarayonda ochiq muloqot, empatik tinglash va refleksiya usullaridan samarali foydalanildi.

Suhbat yakunida talabalarning ichki motivatsiyasini oshirish, aniq maqsadlar qo‘yish va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir talabalarda ijobiy ruhiy holatni mustahkamlash va o‘quv jarayoniga ongli yondashuvni shakllantirishga yordam berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; maktablardagi ochiq darslar va treninglar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi hamda Ingliz tili 3-fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ochiq darslar va trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.



🎓 1. “Clothes and Fashion” mavzusida ochiq dars

📍 Chilonzor tumani, 280-umumta’lim maktabi
👩‍🏫 O‘qituvchilar: Fayziyeva Parvina, Abdulhakimova Sarvinoz

7-sinf o‘quvchilari uchun “Clothes and Fashion” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

🔹 Dars davomida o‘quvchilar:
- kundalik kiyimlar va ularning inglizcha nomlarini o‘rgandilar
- qiziqarli o‘yinlar va quizlarda faol ishtirok etdilar
- ingliz tilida erkin fikr bildirish va tasvirlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar



🎤 2. Speaking Club – “Ingliz tili darsi”

📍 280-maktab, 8-sinf o‘quvchilari
👩‍🏫 O‘qituvchilar: Rayimaliyeva Yoqutxon, Po‘latxonova Hilolaxon, Boymurodova Feruza

🔹 Dars jarayonida:
- qiziqarli warm-up o‘yinlar tashkil etildi
- speaking skillsni rivojlantirishga qaratilgan interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi
- o‘quvchilar kreativ topshiriqlar orqali erkin fikr bildirishni mashq qildilar

📌 Mazkur mashg‘ulot o‘quvchilarning ingliz tilida so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.



💻 3. “Kasbiy faoliyatda zamonaviy texnologiyalar va raqamli savodxonlik” treningi

📍 195-maktab
👩‍🏫 O‘qituvchilar: Axmedova Nodira (katta o‘qituvchi), Xakimova Sadoqat

🔹 Trening davomida:
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar
- raqamli vositalardan samarali foydalanish
- innovatsion yondashuvlar

bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

📌 Ishtirokchilar interaktiv metodlar orqali o‘z raqamli savodxonligini oshirdilar.

Ushbu tashabbuslar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1