O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47K photos
2.91K videos
323 files
9.5K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU delegatsiyasi Ispaniya universitetlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

Universitat Pompeu Fabra kutubxonasi — Barselonadagi eng zamonaviy va innovatsion akademik kutubxonalardan biri bo‘lib, talaba va tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Kutubxona zamonaviy o‘quv zallari, boy raqamli resurslar, individual hamda guruhda ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus hududlar bilan jihozlangan. Shuningdek, bu yerda ilmiy ma’lumotlar bazalari, elektron kitoblar va xalqaro jurnallarga keng kirish imkoniyati mavjud bo‘lib, mustaqil izlanish olib borish uchun qulay muhit shakllangan.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi universitetning xalqaro ishlar prorektori hamrohligida infratuzilma bilan yaqindan tanishdi. Xususan, delegatsiya a’zolari UPF kutubxonasida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy o‘qitish va o‘rganish jarayonlari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari hamda talabalarga yaratilgan qulay sharoitlarni katta qiziqish bilan o‘rgandilar.

Kutubxona nafaqat bilim maskani, balki innovatsion fikrlash va ilmiy izlanishlar markazi sifatida chuqur taassurot qoldirdi. Delegatsiya vakillari talabalarning mustaqil ishlashi, ilmiy tadqiqotlar olib borishi hamda zamonaviy axborot-resurslardan samarali foydalanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar. Ushbu tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich sifatida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Yaponiya kompaniyalari vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi

13-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Hands Global hamda Ponte Japan kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tashrif doirasida mehmonlar — kompaniya direktorining o‘rinbosari Takahashi Motoaki, yapon tili professori Yuko Miyauchi hamda Ponte Japan kompaniyasi direktori G‘ani Maqsudov ishtirok etdi. Universitet tomonidan esa xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djuraev va Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Hamidova qatnashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, universitetning iqtidorli talabalari uchun intensiv yapon tili va kasbiy tayyorgarlik kurslarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun Yaponiyada 1 yillik amaliyot va stajirovka dasturlarini tashkil etish, shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥2
🔷🔷🔷🔷▪️▪️▪️▪️

13-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Buyuk Britaniyaning University of Warwick professori, Scopus bazasidagi Q1 toifasiga kiruvchi nufuzli jurnal bosh muharriri, xalqaro miqyosda tan olingan yetakchi tadqiqotchi Anthony Liddicoat boshchiligida “Global Research Visibility: How to Publish in International Journals” mavzusidagi yuqori darajadagi seminar-treningning ilk sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningning birinchi sessiyasi mazmunan boy va interaktiv ruhda tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga xalqaro ilmiy nashrlarda maqola chop etishning samarali strategiyalari, ilmiy tadqiqotlar ko‘rinuvchanligini global darajada oshirish usullari hamda akademik yozuv va maqola topshirish jarayonining bosqichma-bosqich tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur sessiya davomida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda yosh olimlar o‘z ilmiy faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va uni global ilmiy maydonga olib chiqishga alohida qiziqish bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43