O‘ZDJTUDA “ILHOM” MUKOFOTI TANLOVINING TEST SINOVLARI VA SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI
Joriy yil “Ilhom” mukofoti tanlovi doirasida oliy ta’lim muassasalari miqyosidagi test sinovlari hamda dastlabki saralash bosqichi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etgan yoshlar o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun bellashdilar.
Test sinovlari vazirlik tomonidan taqdim etilgan savollar asosida o‘tkazilib, jarayonlar tartibli va belgilangan talablar asosida tashkil etildi. Ishtirokchilarning faolligi va qiziqishi yuqori bo‘ldi.
Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarning ilmiy-ijodiy ishlari hamda hujjatlar yig‘ma jildlari shakllantirildi va tanlovning asosiy bosqichida ishtirok etish uchun rektor taqdimnomasi asosida Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.
“Ilhom” mukofoti yo‘lida keyingi bosqichga yo‘l olgan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2👍1👏1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥2
“How to Turn Your Student Years into Opportunities”
10-aprel kuni o‘tkazilgan ushbu tadbir Uzwave markazi tashabbusi bilan tashkil etilib, talaba-yoshlarni motivatsion ruhda qo‘llab-quvvatlash, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirildi.
YPIP (Young Professional Internships Program 2025) ishtirokchilari, UzSWLU talabasi, Uzwave loyihasi koordinatori va faol yosh liderlari Madinabonu Abduqoxorova hamda Diyora Xamidullayeva o‘z tajribasi va real misollar orqali talabalik yillarini qanday qilib haqiqiy imkoniyatlarga aylantirish mumkinligini yoritib berishdi.
Uchrashuv davomida:
— talabalik davrida to‘g‘ri maqsadlar qo‘yish,
— xalqaro dastur va loyihalarda ishtirok etish,
— tashabbuskorlik va networkingning ahamiyati,
— shaxsiy va professional o‘sish uchun mas’uliyatni o‘z qo‘liga olish masalalari muhokama qilindi.
Eng muhimi, uchrashuv talabalar uchun nafaqat “nima qilish kerak?” degan savolga, balki “nega aynan hozir harakat qilish kerak?” degan savolga ham aniq javob berdi.
Ishonamizki, bu uchrashuv ko‘pchilik uchun yangi maqsadlar, aniq rejalar va dadil qadamlar sari kuchli motivatsiya bo‘ldi. Barcha qatnashgan talabalarga rahmat — oldinda yanada katta imkoniyatlar kutmoqda!
Keyingi tadbirlarimizni kuzatib boring va imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang — talabalik yillari bu faqat dars emas, balki o‘z ustingizda ishlash va kelajakni barpo etish davri.
📞 Bog‘lanish uchun: @uzwave_admin
@UzWAVE_center
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1