O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47K photos
2.91K videos
323 files
9.5K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Yashnarbek Avlakulov joriy yilning 10-aprel kuni o‘zbek tilini o‘rganish maqsadida O‘zDJTUga tashrif buyurgan Sankt-Peterburg davlat universiteti Sharqshunoslik fakulteti bakalavr 1-bosqich talabasi Oorjak Yevgeniya Fazilovna hamda ushbu universitetning 1-bosqich magistranti Kolotova Valeriya Dmitriyevnani, 11-aprel kuni esa Ingliz filologiyasi fakultetining FING-2501 va FING-2505 guruh talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga olib bordi.

U yerda ular 3-bosqich “Dramatik teatr va kino aktyorligi” yo‘nalishi talabalari tomonidan Lyudmila Razumovskayaning “Qadrli Yelena Sergeyevna” asari asosida sahnalashtirilgan diplomoldi spektaklni tomosha qildilar.

Mazkur asar zamonaviy jamiyatdagi axloqiy tanlov, vijdon va insoniy qadriyatlar masalasini yorituvchi kuchli psixologik drama bo‘lib, unda o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi keskin ziddiyat orqali “maqsad va vosita” muammosi ochib berilgan.

Spektakl talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda chuqur taassurot qoldirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Forwarded from YANGILIKLAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIM USTIDA XOKKEY BO'YICHA "VAZIR KUBOGI" MUSOBAQASI

13.04.2026

Telegram
I Instagram
6👍2
🟦🟦🟦

O‘ZDJTUDA “ILHOM” MUKOFOTI TANLOVINING TEST SINOVLARI VA SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI

Joriy yil “Ilhom” mukofoti tanlovi doirasida oliy ta’lim muassasalari miqyosidagi test sinovlari hamda dastlabki saralash bosqichi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etgan yoshlar o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun bellashdilar.

Test sinovlari vazirlik tomonidan taqdim etilgan savollar asosida o‘tkazilib, jarayonlar tartibli va belgilangan talablar asosida tashkil etildi. Ishtirokchilarning faolligi va qiziqishi yuqori bo‘ldi.

Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarning ilmiy-ijodiy ishlari hamda hujjatlar yig‘ma jildlari shakllantirildi va tanlovning asosiy bosqichida ishtirok etish uchun rektor taqdimnomasi asosida Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.

“Ilhom” mukofoti yo‘lida keyingi bosqichga yo‘l olgan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1👏1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🧠 Talabalar yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov talabalarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida talabalarning yashash muhiti, xavfsizlik holati hamda kundalik turmush sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Dekan tomonidan talabalarning o‘qishga bo‘lgan munosabati va yashash sharoitlarining ta’lim jarayoniga ta’siri ham alohida e’tiborga olindi.

🤝 Tashrif davomida ijara xonadon egalariga talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari, ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🖋 Ushbu tashrif talabalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish hamda yashash va o‘qish muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Fakultet rahbariyati tomonidan bunday o‘rganish ishlari muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu talabalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2