XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Ispaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Universitat Pompeu Fabra (UPF) o‘rtasida muhim va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida:
Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Dilrabo Baxronova
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor Lochin Zaripov ishtirok etdilar.
UPF tomonidan esa:
Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Helena Ramalhinho
Xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i
EUTOPIA va xalqaro dasturlar bo‘yicha komissar Josep Ibáñez qatnashdilar.
Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi:
🔹 akademik hamkorlik va o‘quv dasturlarini kengaytirish
🔹 talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish
🔹 Erasmus+ doirasida qo‘shma loyiha va grantlarda ishtirok
🔹 qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish
🔹 zamonaviy Yevropa tajribasi asosida ta’lim sifatini oshirish
🔹 kelajakda ikki diplomli (dual degree) dasturlarni joriy etish imkoniyatlari
Universitat Pompeu Fabra bugungi kunda Yevropaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, QS World University Rankings ro‘yxatida 265-o‘rinni, Times Higher Education reytingida esa dunyoning eng ilg‘or 150 universiteti qatoridan joy olgan.
Ushbu hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlab, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Yashnarbek Avlakulov joriy yilning 10-aprel kuni o‘zbek tilini o‘rganish maqsadida O‘zDJTUga tashrif buyurgan Sankt-Peterburg davlat universiteti Sharqshunoslik fakulteti bakalavr 1-bosqich talabasi Oorjak Yevgeniya Fazilovna hamda ushbu universitetning 1-bosqich magistranti Kolotova Valeriya Dmitriyevnani, 11-aprel kuni esa Ingliz filologiyasi fakultetining FING-2501 va FING-2505 guruh talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga olib bordi.
U yerda ular 3-bosqich “Dramatik teatr va kino aktyorligi” yo‘nalishi talabalari tomonidan Lyudmila Razumovskayaning “Qadrli Yelena Sergeyevna” asari asosida sahnalashtirilgan diplomoldi spektaklni tomosha qildilar.
Mazkur asar zamonaviy jamiyatdagi axloqiy tanlov, vijdon va insoniy qadriyatlar masalasini yorituvchi kuchli psixologik drama bo‘lib, unda o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi keskin ziddiyat orqali “maqsad va vosita” muammosi ochib berilgan.
Spektakl talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda chuqur taassurot qoldirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
U yerda ular 3-bosqich “Dramatik teatr va kino aktyorligi” yo‘nalishi talabalari tomonidan Lyudmila Razumovskayaning “Qadrli Yelena Sergeyevna” asari asosida sahnalashtirilgan diplomoldi spektaklni tomosha qildilar.
Mazkur asar zamonaviy jamiyatdagi axloqiy tanlov, vijdon va insoniy qadriyatlar masalasini yorituvchi kuchli psixologik drama bo‘lib, unda o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi keskin ziddiyat orqali “maqsad va vosita” muammosi ochib berilgan.
Spektakl talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda chuqur taassurot qoldirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
O‘ZDJTUDA “ILHOM” MUKOFOTI TANLOVINING TEST SINOVLARI VA SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI
Joriy yil “Ilhom” mukofoti tanlovi doirasida oliy ta’lim muassasalari miqyosidagi test sinovlari hamda dastlabki saralash bosqichi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etgan yoshlar o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun bellashdilar.
Test sinovlari vazirlik tomonidan taqdim etilgan savollar asosida o‘tkazilib, jarayonlar tartibli va belgilangan talablar asosida tashkil etildi. Ishtirokchilarning faolligi va qiziqishi yuqori bo‘ldi.
Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarning ilmiy-ijodiy ishlari hamda hujjatlar yig‘ma jildlari shakllantirildi va tanlovning asosiy bosqichida ishtirok etish uchun rektor taqdimnomasi asosida Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.
“Ilhom” mukofoti yo‘lida keyingi bosqichga yo‘l olgan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2👍1👏1