O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47K photos
2.91K videos
323 files
9.5K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
“Ko‘ngil ekologiyasi” tanlovida UzSWLU talabalari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlar orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Muxammadiyev rahbarligida XT2-2337-guruh talabalari — Abduaxadova Umida, Alisherova E’zoza, Raxmonova Sevinch va O‘lmasova Feruza faol ishtirok etdi.

Talabalar “Qayta ishlash va chiqindilarni saralash” yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etgan ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, faxrli 2-o‘ringa loyiq deb topildi. G‘oliblar O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ushbu natija talabalarning ekologik masalalarga nafaqat nazariy, balki ijodiy va amaliy yondashuvini yaqqol namoyon etdi. Ular o‘z ishlari orqali tabiatga mehr va atrof-muhitni asrash g‘oyalarini ta’sirchan ifodalashga erishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
#xalqaro_hamkorlik #kongress

Samarqandda xalqaro kongress va rektorlar forumi boshlandi

Samarqand shahrida 2026-yil 13–14-aprel kunlari Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari hamda texnologik kompaniyalar ishtirokida “Tibbiyot va texnologiyalar kongressi” hamda O‘zbekiston – Polsha III rektorlar forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan vazirlar, vazir o‘rinbosarlari, 300 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod hamda O‘zbekistondan 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 nafardan ortiq vakillar qatnashayotgani tadbir ko‘lamini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Kongressning rasmiy ochilish marosimida Ilhom Siradjev, Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Asilbek Xudayarov, Toyvo Klaar, Marsin Kulasek, Saidzoda Rahim Hamro, Bogumila Kanevska hamda Valdemar Sivinski ishtirok etib, ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim fikr va takliflarni ilgari surdi.

Forum doirasida Polsha va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda. Jumladan, Gdansk University bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ularning tashkiliy hamda o‘quv-uslubiy jihatlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Mazkur nufuzli tadbirlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov ishtirok etmoqda, bu esa universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini yana bir bor namoyon etadi.

Mazkur kongress va forum doirasidagi uchrashuvlar yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim va innovatsion yondashuvlarni joriy etish uchun muhim bosqich bo‘lib qolmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Britaniyaning Uorik universiteti vakilining O‘zDJTUga tashrifi

2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of Warwick vakili tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet ilmiy jurnali muharriri Antoni Liddikout hamda O‘zDJTU rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev hamda 1-ingliz tili fakulteti dekani G. Ergasheva ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 QS indekslangan jurnalning bir sonini O‘zDJTU o‘qituvchi va tadqiqotchilari uchun ajratish
🔹 O‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish
🔹 O‘zDJTU doktorantlari uchun ilmiy stajirovka dasturlarini tashkil etish
🔹 Tomonlarni qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari

Mazkur uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1