O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.91K videos
323 files
9.48K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🌿 UzSWLU talabalari ekologik aksiyada faol ishtirok etdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati partiya tashkiloti, Parkent tumani hokimligi hamda “Zero Waste” MCHJ sanitar tozalash korxonasi hamkorligida Parkent tumanining “Qizil tog‘” hududida “Biz inson va tabiat uyg‘unligi tarafdorimiz!” shiori ostida ekologik aksiya tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Yangi asr universiteti, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti, International School of Finance Technology and Science hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning talaba-yoshlari faol qatnashdi.

Aksiyaning asosiy maqsadi – aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni asrashga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirish, yoshlarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda hududlarda obodonlashtirish ishlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida “Qizil tog‘” hududida dam oluvchilar tomonidan qoldirilgan chiqindilar talaba-yoshlar tomonidan yig‘ishtirilib, maxsus texnikalar yordamida belgilangan joylarga olib chiqildi. Ushbu jarayonda universitetning Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi dotsenti Rayxon Mudarisova rahbarligida XT2-2302 va XT2-2316-guruh talabalari alohida faollik ko‘rsatdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur aksiya yoshlar orasida ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish, shuningdek, tabiatni asrash borasida amaliy harakatlarning muhim namunasi sifatida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
“Kelajak soati” darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida talaba-yoshlar uchun navbatdagi “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.

Mazkur dars fakultet dekani X. Xakimov tomonidan shaxsan o‘tkazilib, talabalarga zamonaviy ta’lim jarayonida mas’uliyat, kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash, shaxsiy rivojlanish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish yuzasidan muhim tushunchalar berildi.

Dars davomida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘z ustida doimiy ishlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savol va fikrlari tinglandi.

Mazkur “Kelajak soati” darsi talaba-yoshlarning ma’naviy yetukligini oshirish, ularni kelajak kasbiy faoliyatiga yo‘naltirish hamda jamiyatda faol va tashabbuskor bo‘lishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1👏1🤩1
“Ko‘ngil ekologiyasi” tanlovida UzSWLU talabalari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlar orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Muxammadiyev rahbarligida XT2-2337-guruh talabalari — Abduaxadova Umida, Alisherova E’zoza, Raxmonova Sevinch va O‘lmasova Feruza faol ishtirok etdi.

Talabalar “Qayta ishlash va chiqindilarni saralash” yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etgan ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, faxrli 2-o‘ringa loyiq deb topildi. G‘oliblar O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ushbu natija talabalarning ekologik masalalarga nafaqat nazariy, balki ijodiy va amaliy yondashuvini yaqqol namoyon etdi. Ular o‘z ishlari orqali tabiatga mehr va atrof-muhitni asrash g‘oyalarini ta’sirchan ifodalashga erishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
#xalqaro_hamkorlik #kongress

Samarqandda xalqaro kongress va rektorlar forumi boshlandi

Samarqand shahrida 2026-yil 13–14-aprel kunlari Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari hamda texnologik kompaniyalar ishtirokida “Tibbiyot va texnologiyalar kongressi” hamda O‘zbekiston – Polsha III rektorlar forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan vazirlar, vazir o‘rinbosarlari, 300 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod hamda O‘zbekistondan 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 nafardan ortiq vakillar qatnashayotgani tadbir ko‘lamini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Kongressning rasmiy ochilish marosimida Ilhom Siradjev, Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Asilbek Xudayarov, Toyvo Klaar, Marsin Kulasek, Saidzoda Rahim Hamro, Bogumila Kanevska hamda Valdemar Sivinski ishtirok etib, ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim fikr va takliflarni ilgari surdi.

Forum doirasida Polsha va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda. Jumladan, Gdansk University bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ularning tashkiliy hamda o‘quv-uslubiy jihatlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Mazkur nufuzli tadbirlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov ishtirok etmoqda, bu esa universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini yana bir bor namoyon etadi.

Mazkur kongress va forum doirasidagi uchrashuvlar yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim va innovatsion yondashuvlarni joriy etish uchun muhim bosqich bo‘lib qolmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2