O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.91K videos
323 files
9.48K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
📚 Ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi

Toshkent shahrining Chilonzor va Shayxontohur tumanlarida joylashgan umumta’lim maktablarida ingliz tili to‘garaklarining navbatdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
H
📍 Jumladan, Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan mashg‘ulotni Ingliz tili-3 fakultetining 2-kurs talabasi N. Zafarova olib bordi. Dars “Have / Has got” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarga mavzu sodda va tushunarli usulda izohlandi. Mashg‘ulot davomida doskada misollar orqali tushuntirishlar berildi, savol-javoblar orqali bilimlar mustahkamlandi. O‘quvchilar faol ishtirok etib, yangi mavzu yuzasidan ingliz tilida fikr bildirishga harakat qildilar.

📍 Shuningdek, Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Xurmatoy Tojiboyeva va Aziza Raxmonqulova tomonidan olib borildi. Mazkur dars “Environment” mavzusiga bag‘ishlandi.

📝 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar:
— “Environment” mavzusiga oid yangi lug‘atlarni o‘rgandilar;
— “warm up” mashg‘ulotlar orqali darsga jalb etildilar;
— “Must / Mustn’t” grammatik mavzusi bilan tanishdilar;
— mavzuga oid qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamladilar.

Har ikkala mashg‘ulot ham interfaol usullarda tashkil etilib, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, erkin fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3👍1
Forwarded from Edu.uz
#sayyor_qabul #vazir

Vazir Qoraqalpog’iston Respublikasida sayyor qabul oʻtkazdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov sayyor qabul oʻtkazib, fuqarolar, taʼlim tizimi xodimlari va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqotda boʻldi.

Dastlab vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov vazirlik tomonidan 2026-yil 1-choragida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari hamda Hukumat hujjatlarida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

So‘ng fuqarolar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Sayyor qabul davomida o‘qishni tiklash va ko‘chirish, diplom olish, kontrakt to‘lovi, ilmiy innovatsion va startap loyihalar, oʻquv reja, fan dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlar, ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash ochish, Mahmud az-Zamaxshariy nomidagi davlat nomdor stipendiyasini joriy qilish va boshqa masalalarda fuqarolar murojaati tinglandi.

Har bir masala yuzasidan mutaxassislar ishtirokida aniq tushuntirishlar berildi, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar yuklatildi va hal etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/149842

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍1
📚 Ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlari izchil davom etmoqda

2026-yil aprel oyining ilk kunlarida Toshkent shahridagi bir qator umumta’lim maktablarida ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur darslar o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, grammatik bilimlarini mustahkamlash hamda erkin muloqot qilish qobiliyatlarini oshirishga xizmat qildi.

📍Shayxontohur tumanidagi 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

📘 Dars “Conditionals: Understanding Main Types of Conditionals” mavzusiga bag‘ishlanib, 10-sinf o‘quvchilari bilan olib borildi. Mashg‘ulot davomida zero, first va second conditionallarning qo‘llanilishi, real va noreal holatlarni ifodalash, shuningdek, if clause va main clause o‘rtasidagi bog‘liqlik batafsil tushuntirildi.

📍 2026-yil 6-aprel kuni 283-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi.

🌍 Mazkur dars “Cultural / Religious Festivals” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilar turli madaniy va diniy bayramlar haqida yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar, dunyo xalqlarining urf-odatlari bilan tanishdilar hamda ingliz tilida fikr almashdilar. Shuningdek, adjectives and adverbs mavzusi takrorlanib, sifat va ravishlardan foydalanish ko‘nikmalari amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi.

📍 2026-yil 5-aprel kuni Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Jasmina Olimova va Farangiz Bozorova tomonidan olib borildi.

📝 Ushbu mashg‘ulot “Daily routine” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilar mavzuga oid lug‘atlarni o‘rgandilar, “warm up” mashg‘ulotlar orqali faollashdilar hamda ingliz tilida kundalik muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Qiziqarli o‘yinlar va interaktiv topshiriqlar orqali dars yanada samarali tashkil etildi.

Barcha mashg‘ulotlar interfaol metodlar asosida olib borilib, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimidan videolavha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
Sergeli tumanidagi maktabda ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.

Xorijiy tillarni o‘qitish markazlari faoliyati doirasida ingliz tili to‘garaklari samarali tarzda tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, 2026-yil 11- aprel kuni Sergeli tumani 104-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasiga qarashli 2210- guruh talabasi Qudratova Durdona tomonidan tashkil etildi.


Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan ingliz tili grammatikasi va lug‘at boyligini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashqlar bajarildi. Xususan, Yes/No questions, -wh- questions kabi mavzular asosida turli mashq va topshiriqlar ustida ishlanib, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
Yaponiya choy marosimi to‘garagi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishga qaratilgan Yaponiya choy marosimiga bag‘ishlangan maxsus to‘garak tashkil etildi.

To‘garak mashg‘ulotlari yaponiyalik mutaxassislar — Toshuko hamda Kazuhiko Matsuo rahbarligida olib borildi. Ushbu tashabbus talabalarda yapon milliy qadriyatlari, xususan, choy marosimi madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Ma’lumot o‘rnida, mashg‘ulotlar 4–10-aprel kunlari davomida 2-bosqich talabalari ishtirokida “Choy tarixi va matcha tayyorlash” mavzusida o‘tkazildi.

Jarayon davomida ishtirokchilar yapon choy marosimining kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari haqida nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga, matcha ichimligini mustaqil tayyorlashni ham amalda sinab ko‘rishdi.

Shuningdek, talabalar Yaponiya va O‘zbekiston choy madaniyatini solishtirib, o‘xshashlik va farqlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. Bu esa ularning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

Mazkur to‘garak talabalarga til o‘rganish bilan bir qatorda o‘rganilayotgan mamlakat madaniyatini chuqurroq anglash imkonini beradigan samarali amaliy mashg‘ulot sifatida ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2🤩2