O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.8K photos
2.9K videos
323 files
9.46K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

🇺🇿 10-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov hamda tyutorlar S. Ochilova, Z. Xojiyeva, Z. Xaydarova, L. Xurramova, G. Shirinkulova tomonidan talabalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir 9-aprel — buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan oʻtkazildi. Tadbir davomida universitet jamoasi hamda talabalar faol ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultet dekani Dilshod Djurayev ochib berdi. Oʻz nutqida Amir Temurning nafaqat oʻz davrining buyuk sarkardasi, balki bugungi kunda ham yoshlar uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qilayotgan ulugʻ shaxs ekanligini alohida taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, Amir Temur siymosini madh etuvchi sheʼrlar yoddan oʻqildi, sahna koʻrinishlari orqali tarixiy voqealar jonlantirildi hamda Sohibqiron hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli faktlar bayon etildi.

Tadbir yakunida fakultet dekani tomonidan “Olimp lider” 232-maktab harbiy qismi ustozi S. Baratov hamda B. Usmonov faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
Forwarded from UzSWLU sports club
🏐 “Talabalar ligasi” — Toshkent shahar bosqichiga start berildi!

Voleybol bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtimizdagi 60 ga yaqin oliy ta’lim muassasalaridan jamoa rasmiylari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir davomida 13–15-aprel kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mezbonligida o‘tkaziladigan hududiy bosqich musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinib, tashkiliy ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

🔥 Oldinda murosasiz bellashuvlar va yuqori kayfiyatga boy sport onlari kutmoqda!
4🔥3👍1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 10-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi psixologi Z. Xayrullayeva hamda Ikkinchi ingliz fakulteti bo‘lim mutaxassisi O. Artikova hamkorligida 3-bosqich talabalari bilan psixoprofilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur psixoprofilaktik tadbir davomida talabalarning psixoemotsional holati, stressga chidamlilik , hamda ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasi o‘rganildi. Suhbat jarayonida ishtirokchilarning kommunikativ kompetensiyasi, emotsional intellekti va o‘z-o‘zini regulyatsiya qilish ko‘nikmalari tahlil qilindi.

Shuningdek, talabalarda uchrashi mumkin bo‘lgan situativ va shaxsiy tashvish, akademik stress hamda emotsional zo‘riqishning oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik tavsiyalar berildi. Interaktiv muloqot asosida olib borilgan suhbat davomida kognitiv-behavioral yondashuv elementlari qo‘llanilib, talabalarda ijobiy fikrlash va adaptiv xulq-atvor strategiyalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida bahorning eng fayzli an’analaridan biri — sumalak sayli yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Tadbir fakultet dekani Alisher Matyakubov hamda Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Unda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimiz aks etgan bayram muhiti yaratildi. Sayl davomida qadimiy taomimiz — sumalak tayyorlash jarayoni namoyish etildi, shuningdek, palov tortildi va bayram dasturxoni yozildi. Talabalar tomonidan milliy o‘yinlar o‘ynalib, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

Bayram tadbirida O‘zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov hamda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, barchani ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi. Mehmonlar sumalak tayyorlash jarayonlarini kuzatdi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlanib, ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bundan tashqari, “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan talaba qizlar ham e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2🎉1