Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv
Bugun fakultetimiz dekani Y.Azzamov tomonidan bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalarning o‘tgan to‘rt yillik faoliyati sarhisob qilinib, kelajakdagi rejalari haqida so‘z bordi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Uchrashuv davomida:
Diplom loyihalari va yakuniy davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish;
Magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari;
Ishga joylashish va mehnat bozoridagi zamonaviy talablar bo‘yicha qizg'in muhokama olib borildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
❤5👍1
10-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasida kafedra doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari uchun Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Jahon adabiyoti kafedrasi hamkorligida ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi.
Seminarda Jahon adabiyoti kafedrasi professori F.D. Sapaeva so‘zga chiqib, doktorantlarni ilmiy faollikka undadi hamda “Kafedra qoshidagi kengaytirilgan ilmiy seminarda dissertatsiyani muhokama qilish tartibi nizomi” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, 1-kurs tayanch doktoranti R.S. Xidirboyeva “Sun’iy intellekt va badiiy tafakkur: timsollarni anglash va talqin qilish muammolari” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruza yuzasidan ishtirokchilar tomonidan savollar berilib, ularga batafsil javoblar taqdim etildi.
Seminar ilmiy munozaralarga boy, yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3👍1
Mazkur tadbir 9-aprel — buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan oʻtkazildi. Tadbir davomida universitet jamoasi hamda talabalar faol ishtirok etishdi.
Tadbirni fakultet dekani Dilshod Djurayev ochib berdi. Oʻz nutqida Amir Temurning nafaqat oʻz davrining buyuk sarkardasi, balki bugungi kunda ham yoshlar uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qilayotgan ulugʻ shaxs ekanligini alohida taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, Amir Temur siymosini madh etuvchi sheʼrlar yoddan oʻqildi, sahna koʻrinishlari orqali tarixiy voqealar jonlantirildi hamda Sohibqiron hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli faktlar bayon etildi.
Tadbir yakunida fakultet dekani tomonidan “Olimp lider” 232-maktab harbiy qismi ustozi S. Baratov hamda B. Usmonov faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar topshirildi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Forwarded from UzSWLU sports club
🏐 “Talabalar ligasi” — Toshkent shahar bosqichiga start berildi!
Voleybol bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtimizdagi 60 ga yaqin oliy ta’lim muassasalaridan jamoa rasmiylari ishtirok etdi.
Mazkur tadbir davomida 13–15-aprel kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mezbonligida o‘tkaziladigan hududiy bosqich musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinib, tashkiliy ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
🔥 Oldinda murosasiz bellashuvlar va yuqori kayfiyatga boy sport onlari kutmoqda!

❤4🔥3👍1