O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🔷🔷🔷🔷▪️▪️▪️▪️

8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zo‘ravonlik va tazyiq tushunchasining huquqiy ta’rifi hamda uning turlari” mavzusida psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir universitetning “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i F. Xabieva, bo‘lim psixologi Z. T. Xayrullayeva, Uchtepa tumani xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik N. Z. Sabirova, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan M. X. Nurmuhammedova, fakultet bo‘lim mutaxassisi D. A. Matyakubova hamda fakultet tyutor ustozlari hamkorligida amalga oshirildi.

Tadbir davomida zo‘ravonlik va tazyiqning huquqiy-me’yoriy asoslari, ularning psixologik talqini hamda ijtimoiy-psixologik oqibatlari keng yoritildi. Xususan, zo‘ravonlikning jismoniy, psixologik, iqtisodiy va jinsiy shakllari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga mazkur holatlarning shaxs psixikasiga ta’siri — travmatik stress, xavotir, depressiv holatlar, past o‘z-o‘zini baholash hamda ijtimoiy dezadaptatsiya kabi salbiy oqibatlar tushuntirildi.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan individual psixologik himoya mexanizmlari, konfliktologik yondashuvlar hamda assertiv xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir interaktiv suhbat, psixologik muhokama va savol-javoblar asosida olib borildi.

Mazkur psixoprofilaktik tadbir talaba-yoshlar orasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni rivojlantirish hamda huquqiy va psixologik ongni oshirishga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
🗣️ Волонтёрство как образ жизни!

Под руководством кафедры политических наук, УзГУМЯ состоится встреча в формате расширенного тренинг-семинара.
 
Это открытая встреча-тренинг для студентов, где разберём, как устроено современное волонтёрство, с чего начать и как превратить участие в проектах в реальный опыт и возможности.

Хедлайнер встречи

Ширин Абидова, советник директора Агентства по делам молодёжи и руководитель Ассоциации волонтёров Узбекистана.
Также в мероприятии примет участие Муниса Муллоджанова ментор волонтёрской организации «Солнышко».

Что тебя ждёт?

 
атмосфера добра
понимание, как волонтёрство становится частью жизни
открытый диалог и ответы на вопросы
новые знакомства и идеи для собственных инициатив

📅
Дата:

16 апреля

🔜
Время:

11:00

📍 Локация будет сообщена в зависимости от количества зарегистрированных участников. 

Для участия нужно заполнить короткую форму:

https://forms.gle/GfCwrGKnX9P8NFDr7

Дедлайн
:

12 апреля 2026; 23:00

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar sadosi 5-son

🇺🇿 🇬🇧 O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti talabalar radiosi.

🔂Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🟦🟦🟦🟦🟦

📚 “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilinadi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 118-sonli buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilindi.

🎯 Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – yoshlar orasida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni yo‘lga qo‘yish, adabiyotga qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdir.

Tanlov tartibi:

🔹 Dastlabki saralash bosqichi universitetda o‘tkaziladi
🔹 Saralash jarayoni amaldagi Nizom asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etiladi
🔹 Test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga yo‘llanadi
🔹 Saralangan ishtirokchilar hujjatlari rektor taqdimnomasi asosida tashkiliy qo‘mitaga yuboriladi

📥 Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar fakultet dekanatlari yoki kafedra mudirlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ijodga oshno, adabiyotga mehr qo‘ygan barcha yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥

🏑 7–9-aprel kunlari O‘zDJTUda bo‘lib o‘tgan “Vazir kubogi” chim ustida xokkey musobaqasidan videolavha

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 7–9-aprel kunlari o‘tkazilgan “Vazir kubogi” musobaqasi jarayonlari, qizg‘in bahslar va eng yorqin lahzalarni ushbu videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥5🎉3👍1👏1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦


Buyuk Britaniyaning nufuzli Warwick universiteti professori, Scopus bazasida Q1 darajada indekslangan “Current Issues in Language Planning” jurnalining bosh muharriri hamda h-indeksi 32 bo‘lgan xalqaro miqyosdagi olim Anthony Liddicoat tomonidan maxsus seminar-trening tashkil etilmoqda.

🎓 Mavzu:
“Global Research Visibility: How to Publish in International Journals”

Mazkur seminar-trening bevosita Anthony Liddicoat tomonidan olib borilib, unda xalqaro ilmiy nashrlar sohasidagi eng dolzarb masalalar yoritiladi.

📚 Seminar davomida siz:

Scopus bazasidagi yuqori reytingli jurnallarda maqola chop etish strategiyalari
Ilmiy tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish usullari
Maqola tayyorlashning muhim bosqichlari
Muvaffaqiyatli nashr uchun amaliy tavsiyalar

bilan yaqindan tanishasiz.

Kimlar uchun:
Professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun.

📍 Manzil: O‘zDJTU, Asosiy faollar zali, 2-qavat

🗓 Sana: 13-aprel

Vaqt: 10:00

Ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Unda ushbu seminarni o‘tkazib yubormang!

Barchangizni ushbu nufuzli seminar-treningda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
📚 Amir Temur – ibrat maktabi

Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan suhbatda buyuk sarkardaning hayoti, “Kuch adolatdadir” g‘oyasi hamda “Temur tuzuklari” asarining ahamiyati haqida fikrlar bildirildi

Suhbat davomida uning merosi bugungi yoshlar uchun ibrat ekanligi ta’kidlandi

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
4👍1
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

10-aprel kuni Alimov Tohir Egamshukurovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi oflayn hamda Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Mazkur muhokamada tadqiqotchining “O‘zbek, nemis, rus tillarida maishiy leksikaning semantik va funksional xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan keng muhokamalar olib borildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1