O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Britaniyaning Uorvik universiteti professorlari O‘zDJTUga tashrif buyurdi

9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniyaning Uorvik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Uorvik universiteti professori Fiona Kopland hamda dotsent Kamila Tangirova, shuningdek, O‘zDJTU tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, bo‘lim boshlig‘i X. Yuldashev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Rashidovalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar qisqa muddatli tashabbuslar bilan cheklanib qolmay, uzoq muddatli strategik akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab qo‘shma bakalavriat va magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish, barcha akademik jarayonlarni muvofiqlashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash va dasturlarni integratsiya qilish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, doktorantura yo‘nalishlari doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, ta’lim sifati, o‘qituvchilar tayyorlash, ta’limning ijtimoiy jihatlari hamda ta’lim tizimlarini transformatsiya qilishda ingliz tilining roli kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Uchrashuvda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’lim platformasini yaratish, o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus laboratoriya tashkil etish, trening va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida professor Fiona Kopland tomonidan akademik yozuv va ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida ma’ruza taqdim etildi.

Tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish va aniq loyihalar asosida davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU va “SBH West GmbH” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va “SBH West GmbH” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni O‘zDJTU nomidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, kompaniya nomidan esa O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alimov Kodir Kabulovich imzoladi.

Imzolash marosimi universitetning registrator ofisi tomonidan tashkil etildi.

Ushbu hujjat doirasida tomonlar:

• birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash,
• ma’lumot almashish va maslahatlashuvlar o‘tkazish,
• ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va seminarlar tashkil etish,
• talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini yaratish,
• innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va joriy etish,
• boshqa o‘zaro manfaatli hamkorlik turlarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Memorandum bir yillik muddatga tuzilgan bo‘lib, taraflar tomonidan qo‘shimcha dasturlar, bepul ma’ruzalar va ekskursiyalar kabi faoliyatlar ham amalga oshirilishi mumkin.

Tomonlar memorandumni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishni, ma’lumotlarni maxfiy saqlashni va har bir tomon o‘z xarajatlarini mustaqil qoplashini ta’kidladi.

Memorandum imzolash marosimi ikki tomon uchun ham barqaror va samarali hamkorlikni rivojlantirish, hamda oliy ta’lim va innovatsion loyihalarda birgalikda ishlashga asos yaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, tanlovning ahamiyati haqida so‘zlab o‘tdi. U bunday tanlovlar talaba-qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularni yetakchilik ko‘nikmalari, nutq madaniyati va sog‘lom raqobat muhiti bilan ta’minlashda muhim ekanini ta’kidladi.

Tanlov davomida talaba-qizlar uchta asosiy shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi:
1. Sport musobaqalari – yugurish, sakrash va basketbol.
2. Kitobxonlik testi – oldindan belgilangan badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinash.
3. Osh pishirish musobaqasi – milliy taomimiz oshni tayyorlashda pazandalik va ijodiy yondashuvni namoyon etish.

Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli baholandi. Bugun esa barcha baholash natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

📜 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va mukofotlar:
Miss University – Xudayqulova Shaxzoda Anvar qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti)
Mukofot: stpendiyaning 5 baravari, koʻchma toj va Germaniya davlatida 1 yillik o‘qish uchun grand
Boshqa nominatsiya g‘oliblari (Miss Pazanda, Miss Go‘zallik, Miss Kitobxon, Miss Sportchi, Miss Nafosat, Miss Iqtidor, Miss Oqila, Miss Tabassum, Miss Ijodkor, Miss Kreativ, Miss Joziba, Miss Latofat)
Mukofot: stpendiyaning 3 baravari
Qolgan barcha ishtirokchilar
Mukofot: stpendiyaning 1 baravari

Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov diplom va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tanlov talaba-qizlarning bilim, iste’dod va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥5👍1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti kafedralari tomonidan barcha kurs talabalari uchun bepul to‘garaklar tashkil etilgan.

Mazkur to‘garaklar orqali talabalar:
— til bilimlarini yanada chuqurlashtirish;
— amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;
— kafedralarda olib borilayotgan ilmiy hamda madaniy faoliyat bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌 Batafsil ma’lumot olish uchun: Sharq filologiyasi fakulteti mas’ullariga murojaat qilishingiz mumkin:

Talabalar ushbu to‘garaklarda bemalol ishtirok etishlari mumkin.

Barcha talabalarni faol qatnashishga taklif etamiz!

📣 Registrator ofisi Telegram kanaliga a’zo bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘lib boring:
3👍1
8-aprel kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik – bilim va tafakkur manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-fakultet Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi F. Mannonova hamda 2412-guruh talabalari tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda talabalar bilan bir qatorda 5–7-sinf o‘quvchilari ham faol ishtirok etdi.

Tadbirning kirish qismida bahor faslining go‘zalligi hamda kitobxonlikning inson tafakkuri va bilim olishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan bahor mavzusida raqslar ijro etilib, talabalar kitob va bilimni ulug‘lovchi she’rlar bilan chiqish qildilar.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, ular o‘z bilimlari va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1