O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Muloqot yakuni yuqori kayfiyatda o‘tdi!

Tadbir so‘ngida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan faol ishtirok etib, o‘z savol va takliflari bilan ajralib turgan talabalarga esdalik sovg‘alari — kitoblar topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichi 2-kurs talabasi Usmonov Otabek Iqboljon o‘g‘li Prezident stipendiyasi guvohnomasi hamda sovg‘a sifatida noutbukni vazir qo‘lidan qabul qilib oldi.

Bunday e’tibor va rag‘bat, albatta, yoshlarning ilmga bo‘lgan intilishlarini yanada kuchaytiradi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍2👏1
🟦🟦🟦

9-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov boshchiligida universitet vakillari tomonidan Amir Temur xiyoboniga tashrif amalga oshirildi.

Mazkur tashrif 9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavalludi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Tashrif davomida universitet jamoasi tomonidan Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk sarkarda xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Shuningdek, tashrif doirasida vakillar Amir Temur muzeyida ham bo‘lib, bu yerda Temuriylar sulolasining boy tarixi, davlat boshqaruvi, harbiy san’at hamda madaniy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Muzey eksponatlari bilan tanishuv jarayonida Amir Temur davrining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotini aks ettiruvchi nodir manbalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, I. Tuxtasinov tomonidan buyuk Sohibqironning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda uning jahon tarixidagi o‘rni haqida va qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlar uchun tarixiy merosni chuqur anglash, milliy o‘zlikni his etish hamda buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish ruhida tarbiyalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Britaniyaning Uorvik universiteti professorlari O‘zDJTUga tashrif buyurdi

9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniyaning Uorvik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Uorvik universiteti professori Fiona Kopland hamda dotsent Kamila Tangirova, shuningdek, O‘zDJTU tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, bo‘lim boshlig‘i X. Yuldashev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Rashidovalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar qisqa muddatli tashabbuslar bilan cheklanib qolmay, uzoq muddatli strategik akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab qo‘shma bakalavriat va magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish, barcha akademik jarayonlarni muvofiqlashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash va dasturlarni integratsiya qilish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, doktorantura yo‘nalishlari doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, ta’lim sifati, o‘qituvchilar tayyorlash, ta’limning ijtimoiy jihatlari hamda ta’lim tizimlarini transformatsiya qilishda ingliz tilining roli kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Uchrashuvda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’lim platformasini yaratish, o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus laboratoriya tashkil etish, trening va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida professor Fiona Kopland tomonidan akademik yozuv va ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida ma’ruza taqdim etildi.

Tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish va aniq loyihalar asosida davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU va “SBH West GmbH” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va “SBH West GmbH” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni O‘zDJTU nomidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, kompaniya nomidan esa O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alimov Kodir Kabulovich imzoladi.

Imzolash marosimi universitetning registrator ofisi tomonidan tashkil etildi.

Ushbu hujjat doirasida tomonlar:

• birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash,
• ma’lumot almashish va maslahatlashuvlar o‘tkazish,
• ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va seminarlar tashkil etish,
• talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini yaratish,
• innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va joriy etish,
• boshqa o‘zaro manfaatli hamkorlik turlarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Memorandum bir yillik muddatga tuzilgan bo‘lib, taraflar tomonidan qo‘shimcha dasturlar, bepul ma’ruzalar va ekskursiyalar kabi faoliyatlar ham amalga oshirilishi mumkin.

Tomonlar memorandumni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishni, ma’lumotlarni maxfiy saqlashni va har bir tomon o‘z xarajatlarini mustaqil qoplashini ta’kidladi.

Memorandum imzolash marosimi ikki tomon uchun ham barqaror va samarali hamkorlikni rivojlantirish, hamda oliy ta’lim va innovatsion loyihalarda birgalikda ishlashga asos yaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1