O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Vazir universitet infratuzilmalari bilan tanishdi

9-aprel kuni “Vazir va yoshlar” uchrashuvi keyin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari bilan birga universitet infratuzilmalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir talabalarga mo‘ljallangan turar joylar va oshxonalarni ko‘zdan kechirib, shuningdek, yangi tashkil etilgan “Sun’iy intellekt va kiber sport” majmuasi hamda boshqa zamonaviy inshootlar bilan tanishdi. Bu orqali u universitetda talabalarga yaratilgan qulay sharoitlar, ta’lim va sport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov bu tashrif orqali talaba-yoshlarning har tomonlama rivojlanishini rag‘batlantirish, ilmiy va akademik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🤩1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🇫🇷 ERASMUS+ dasturi asosida akademik mobillik tanlovi e’lon qilinadi!

Fransiyaning Puatye (Poitiers) Universitetiga Erasmus+ KA171 dasturi doirasida 2026–2027 o‘quv yilining birinchi va ikkinchi semestrlari uchun akademik mobillik dasturi asosida fransuz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari hamda magistrlar uchun tanlov e’lon qilinadi.

👩‍🎓👨‍🎓 Yo‘nalish: Erasmus+ KA171 – Poitiers Universiteti


✍️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Fransuz tilini mukammal bilish;
Avval Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan bo‘lish.


📄 Kerakli hujjatlar:

Pasport nusxasi;
Rezyume (CV – fransuz tilida);
Fransuz tilidan kamida C1 darajani tasdiqlovchi sertifikat;
Sertifikatlar, sovrinlar, mukofotlar va ilmiy maqolalar;
Suhbat (milliy va xorijiy komissiya ishtirokida, fransuz tilida).


📝 Motivatsion xatda quyidagilar yoritilishi lozim:
• Nomzod haqida qisqacha ma’lumot;
• Tanlangan soha bo‘yicha tajriba (agar mavjud bo‘lsa);
• Dasturda ishtirok etish maqsadi;
• Akademik mobillikdan keyingi kutilayotgan natijalar.


Ariza topshirish muddati:
🗓 2026-yil 8-apreldan 12-aprelga qadar


📍 Hujjatlarni topshirish joyi:
Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi
Xalqaro ishlar bo‘yicha mas’ul – M. Uzkinov
📱 Telegram: @Uzkinov_M


🎯 Ushbu imkoniyatdan foydalanib, xalqaro tajriba orttiring va bilimlaringizni yangi bosqichga olib chiqing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Muloqot yakuni yuqori kayfiyatda o‘tdi!

Tadbir so‘ngida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan faol ishtirok etib, o‘z savol va takliflari bilan ajralib turgan talabalarga esdalik sovg‘alari — kitoblar topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichi 2-kurs talabasi Usmonov Otabek Iqboljon o‘g‘li Prezident stipendiyasi guvohnomasi hamda sovg‘a sifatida noutbukni vazir qo‘lidan qabul qilib oldi.

Bunday e’tibor va rag‘bat, albatta, yoshlarning ilmga bo‘lgan intilishlarini yanada kuchaytiradi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍2👏1
🟦🟦🟦

9-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov boshchiligida universitet vakillari tomonidan Amir Temur xiyoboniga tashrif amalga oshirildi.

Mazkur tashrif 9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavalludi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Tashrif davomida universitet jamoasi tomonidan Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk sarkarda xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Shuningdek, tashrif doirasida vakillar Amir Temur muzeyida ham bo‘lib, bu yerda Temuriylar sulolasining boy tarixi, davlat boshqaruvi, harbiy san’at hamda madaniy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Muzey eksponatlari bilan tanishuv jarayonida Amir Temur davrining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotini aks ettiruvchi nodir manbalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, I. Tuxtasinov tomonidan buyuk Sohibqironning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda uning jahon tarixidagi o‘rni haqida va qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlar uchun tarixiy merosni chuqur anglash, milliy o‘zlikni his etish hamda buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish ruhida tarbiyalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Britaniyaning Uorvik universiteti professorlari O‘zDJTUga tashrif buyurdi

9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniyaning Uorvik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Uorvik universiteti professori Fiona Kopland hamda dotsent Kamila Tangirova, shuningdek, O‘zDJTU tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, bo‘lim boshlig‘i X. Yuldashev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Rashidovalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar qisqa muddatli tashabbuslar bilan cheklanib qolmay, uzoq muddatli strategik akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab qo‘shma bakalavriat va magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish, barcha akademik jarayonlarni muvofiqlashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash va dasturlarni integratsiya qilish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, doktorantura yo‘nalishlari doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, ta’lim sifati, o‘qituvchilar tayyorlash, ta’limning ijtimoiy jihatlari hamda ta’lim tizimlarini transformatsiya qilishda ingliz tilining roli kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Uchrashuvda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’lim platformasini yaratish, o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus laboratoriya tashkil etish, trening va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida professor Fiona Kopland tomonidan akademik yozuv va ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida ma’ruza taqdim etildi.

Tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish va aniq loyihalar asosida davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1