O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
#YoshlarKuni

🟦🟦🟦🟦

2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov bilan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan tashkil etildi. Universitetda bu tturdagi tadbir har hafta payshanba kunlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ochib, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlar sportini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Vazir Kongratbay Avezimbetovich Sharipov uchrashuv davomida Yoshlarga oid davlat siyosati, sportni rivojlantirish, kelajak kasblari, xorijiy tillarni o'rganish ahamiyati, ta'limning amaliyot bilan integratsiyasi, yoshlarga yaratilgan sharoitlar va ulardan samarali foydalanish masalalari xususida batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, davlat grantlari, xalqaro stipendiya dasturlari, ilmiy loyihalar uchun ajratilayotgan mablag‘lar hamda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi: talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar va vazirdan atroflicha javob oldilar.

Uchrashuv talaba-yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy va akademik faoliyatga rag‘batlantirish hamda kelajak rejalari ustida puxta o‘ylashga undashi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍2
Forwarded from Edu.uz
“Vazir kubogi”: qizlar oʻrtasida chim ustida xokkey — ilk musobaqa, ilk gʻoliblar

9-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Vazir kubogi” doirasida ilk bor tashkil etilgan qizlar oʻrtasidagi chim ustida xokkey musobaqalarining final oʻyinlari yuqori kayfiyat va keskin raqobat ruhida boʻlib oʻtdi.

Oʻyinlar yakuniga koʻra:
• 1-oʻrin — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi
• 2-oʻrin — Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi
• 3-oʻrin — Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasiga nasib etdi


Gʻolib va sovrindor jamoalar munosib ragʻbatlantirilib, mos ravishda 50 million, 40 million va 30 million soʻm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqa davomida alohida mahorat va faollik namoyon etgan sportchi qizlar ham eʼtibordan chetda qolmadi. Eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha munosib taqdirlanib, ularga pul mukofotlari topshirildi.

Tantanali taqdirlash marosimida Qoʻngʻirotboy Sharipov, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi oʻrinbosari Rinat Axmadulin ishtirok etdilar.

#Vazir_kubogi #chim_ustida_xokkey #final

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151849

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Meet Madinabonu Abduqoxorova, a senior student at UzSWLU

👩🏻‍🎓 Madinabonu Abduqoxorova is the coordinator of the Uzwave project and an active young leader dedicated to empowering students to make the most of their university years.

📌 She is an alumna of the Young Professional Internships Program (YPIP'25), funded by the U.S. Embassy Tashkent and implemented by American Councils for International Education Uzbekistan. She participated in International Student Week in Ilmenau (ISWI'23), one of the largest student conferences in Germany, as part of the Education group. She has also taken part in several competitive camps, including Skills Camp, ICT4Girls Digital Camp, and was selected for the TOP 100 UNI Camp.Currently, she is a student intern at the C3L department at the American University of Technology.

🚀 We are pleased to invite you to an insightful session on topic: “How to Turn Your Student Years into Opportunities.”

🔸
This session will help you understand not only what steps to take during your student years, but why these actions matter for your personal and professional growth.

❗️Don’t miss your chance. Register now: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSetFLWXN4ATNN27MVEwiFg5cNVxBdeTr25goAgy0JaTNFNMHQ/viewform?usp=sharing&ouid=107566267391633646818

🗓 Date: April 10
Time: 13:30
📍 Location: UzSWLU, 1st faculty, Lecture hall 1

🌐Telegram
🌐LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1🤩1
🟦🟦🟦

Vazir universitet infratuzilmalari bilan tanishdi

9-aprel kuni “Vazir va yoshlar” uchrashuvi keyin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari bilan birga universitet infratuzilmalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir talabalarga mo‘ljallangan turar joylar va oshxonalarni ko‘zdan kechirib, shuningdek, yangi tashkil etilgan “Sun’iy intellekt va kiber sport” majmuasi hamda boshqa zamonaviy inshootlar bilan tanishdi. Bu orqali u universitetda talabalarga yaratilgan qulay sharoitlar, ta’lim va sport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov bu tashrif orqali talaba-yoshlarning har tomonlama rivojlanishini rag‘batlantirish, ilmiy va akademik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🤩1