O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
📢 DIQQAT E’LON!!!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Scopus va Web of Science kabi xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqolalar chop etish yuzasidan seminar-trening tashkil etiladi. Unda maqolalarni IMRAD tuzilmasi asosida shakllantirish, xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish hamda ilmiy va texnik sifatni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.

Shuningdek, seminarda bibliometrik ko‘rsatkichlar, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, nufuzli jurnallarni tanlash va soxta jurnallardan saqlanish masalalari batafsil yoritiladi. Professor-o‘qituvchilar uchun tizimli va foydali ma’lumotlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, kafedra mudirlari hamda yetakchi olimlarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ilmiy faoliyatini rivojlantirishni istagan barcha tadqiqotchilar va qiziquvchilar ham taklif etiladi.

🗓 Sana: 10.04.2026 (Juma)

Vaqt: 15:00

📍Joyi: O‘zDJTU asosiy binosi, 2-qavat, faollar zali

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥3🎉1🤩1
🟦🟦🟦

O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Vazir universitetga jalb qilingan tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi va talabalar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.

Yarmarka universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilib, 34 ta xususiy va davlat tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Tadbir davomida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, mehnat sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yarmarka bitiruvchilarga o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajakdagi rejalari ustida jiddiy o‘ylashga turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, talabalar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1🎉1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🏑 Bugun O‘zDJTUda “Vazir kubogi” chim ustida xokkey musobaqasining finali bo‘lib o‘tmoqda

Final o‘yinda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va Andijon davlat chet tillar universiteti (ADCHTI) jamoalari kuch sinashmoqda. Musobaqada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zDJTU rektori va boshqa mehmonlar ham bevosita ishtirok etib, o‘yinni kuzatib bormoqda.

Talabalar o‘z tezkor fikrlashi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va strategik harakatlarini namoyish qilmoqda. Musobaqa tomoshabinlar uchun qiziqarli va shiddatli kechmoqda, barcha jamoalar imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solmoqda.

Yakuniy natijalar musobaqa tugagach e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1
🟦🟦🟦

Bugun O‘zDJTUda “Vazir kubogi” chim ustida xokkey musobaqasining finali bo‘lib o‘tdi.

Finaldan so‘ng taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib, musobaqaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, “Vazir kubogi” musobaqasi tarkibiga ilk bor kiritilgani, ayniqsa qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirishda muhim qadam bo‘layotganini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu sport turini barcha oliy ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini qayd etdi.

Bundan tashqari, vazir final bosqichida ishtirok etgan jamoalar uchun xalqaro tajriba orttirish maqsadida sayohat tashkil etilishini ham ma’lum qildi.

Chim ustida xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Axmadulin Rinat Galimjanovich so‘zga chiqib, musobaqaning yoshlar sportini rivojlantirishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi hamda barcha ishtirokchilarni qutladi.

Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🎉1