🎭 “Teatr — talabalar nigohida”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti FING 2525-guruh talabalari tomonidan “Afandining besh xotini” nomli komediya janridagi spektakl sahnalashtirildi. Asar muallifi Ibrohim Sodiqov bo‘lib, sahna davomida talabalar o‘z aktyorlik mahorati va obrazlarga kirish qobiliyatini namoyon etdilar.
Sahna yakunida ustozlar D.Z Rasulmuxamedova va V.S Dvoryashena talabalarning chiqishlarini tahlil qilib, o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Mazkur spektakl talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti FING 2525-guruh talabalari tomonidan “Afandining besh xotini” nomli komediya janridagi spektakl sahnalashtirildi. Asar muallifi Ibrohim Sodiqov bo‘lib, sahna davomida talabalar o‘z aktyorlik mahorati va obrazlarga kirish qobiliyatini namoyon etdilar.
Spektaklni tayyorlash jarayonida D.Z Rasulmuxamedova, V.S Dvoryashena, Z.I Ibrohimova va X. Madaminova rahbarlik qildilar. Rollarda Afandi obrazini M Esonova, Jannat rolini M Oltiboyeva, Tamanno rolini G Eshnazarova, Zubayda rolini M Abdusattorova, To‘ti xon rolini A Choyanova, Fotima rolini D Toshmirova hamda boshlovchi sifatida S Hamidova ijro etdi.
Sahna yakunida ustozlar D.Z Rasulmuxamedova va V.S Dvoryashena talabalarning chiqishlarini tahlil qilib, o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Mazkur spektakl talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥4👍2🤩2👏1🎉1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Scopus va Web of Science kabi xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqolalar chop etish yuzasidan seminar-trening tashkil etiladi. Unda maqolalarni IMRAD tuzilmasi asosida shakllantirish, xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish hamda ilmiy va texnik sifatni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, seminarda bibliometrik ko‘rsatkichlar, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, nufuzli jurnallarni tanlash va soxta jurnallardan saqlanish masalalari batafsil yoritiladi. Professor-o‘qituvchilar uchun tizimli va foydali ma’lumotlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, kafedra mudirlari hamda yetakchi olimlarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ilmiy faoliyatini rivojlantirishni istagan barcha tadqiqotchilar va qiziquvchilar ham taklif etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥3🎉1🤩1
O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Vazir universitetga jalb qilingan tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi va talabalar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.
Yarmarka universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilib, 34 ta xususiy va davlat tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Tadbir davomida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, mehnat sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yarmarka bitiruvchilarga o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajakdagi rejalari ustida jiddiy o‘ylashga turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, talabalar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👍1🎉1
🏑 Bugun O‘zDJTUda “Vazir kubogi” chim ustida xokkey musobaqasining finali bo‘lib o‘tmoqda
Final o‘yinda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va Andijon davlat chet tillar universiteti (ADCHTI) jamoalari kuch sinashmoqda. Musobaqada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zDJTU rektori va boshqa mehmonlar ham bevosita ishtirok etib, o‘yinni kuzatib bormoqda.
Talabalar o‘z tezkor fikrlashi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va strategik harakatlarini namoyish qilmoqda. Musobaqa tomoshabinlar uchun qiziqarli va shiddatli kechmoqda, barcha jamoalar imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solmoqda.
Yakuniy natijalar musobaqa tugagach e’lon qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2👍1