Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakultetida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 8-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Abdusamadov tashabbusi bilan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida FVV akademiyasi kursantlari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish usullari hamda xavfsizlik choralariga oid muhim tavsiyalar ishtirokchilarga tushuntirildi.
Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!📱 Telegram.📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
🎞 “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi yakunlandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan talabalar quyidagicha g‘olib deb topildi:
• Eliboyeva Muxlisa O‘lmas qizi
• Obidova Nafosat Qaxramon qizi
• Tolipova Maxliyo Shuxrat qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 1-bosqich)
• Masharipova Dinora Oybek qizi
• Abduhakimova Diyora Rustamjon qizi
(Ingliz tili 2-fakulteti, 3-bosqich)
• Abdumanofova Marjona Sadriddin qizi
• Saydanvarova Shaxrizodaxon Saidakbar qizi
• Abdulmahmudova E’zozabegim Abdulaziz qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 1-bosqich)
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
❤3👍2🔥2👏1
“Qadim so‘z izidan” loyihasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligining xalqaro almashinuv dasturi doirasida tashkil etilgan “Qadim so‘z izidan: umumiy til va adabiyot mutaxassislari almashinuvi” loyihasining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Yig‘ilishda loyiha koordinatori — O‘zDJTU ko‘ngilli o‘qituvchisi, Ikkinchi chet tili kafedrasi dotsenti Muhammed İkbâl Güler tomonidan ishtirokchilarga loyihaning mazmuni va kelgusi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda Samarqand davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilari, O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri E. Moydinova, turk tili o‘qituvchilari hamda Tarjimonlik fakulteti talabalari faol ishtirok etdi.
Loyiha bosqichlari:
1-bosqich (13–19-aprel, 2026-yil) – Turkiyada o‘tkaziladi. Unda O‘zbekistondan 11 nafar professor-o‘qituvchi va 3 nafar talaba ishtirok etadi. Dastur doirasida Qahramonmarash, Shanliurfa hamda Gaziantep shaharlariga tashrif rejalashtirilgan.
2-bosqich (11–18-may, 2026-yil) – O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida tashkil etiladi. Ushbu bosqichda ilmiy muloqotlar va madaniy tadbirlar orqali o‘zaro tajriba almashish ko‘zda tutilgan.
Loyiha turkiy va o‘zbek tillarining mushtarak ildizlarini o‘rganish, adabiyot va tilshunoslik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, kelgusida yoshlar almashinuvini rivojlantirish hamda “Turkiya–O‘zbekiston yoshlar tili va adabiyoti festivali”ni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
🎭 “Teatr — talabalar nigohida”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti FING 2525-guruh talabalari tomonidan “Afandining besh xotini” nomli komediya janridagi spektakl sahnalashtirildi. Asar muallifi Ibrohim Sodiqov bo‘lib, sahna davomida talabalar o‘z aktyorlik mahorati va obrazlarga kirish qobiliyatini namoyon etdilar.
Sahna yakunida ustozlar D.Z Rasulmuxamedova va V.S Dvoryashena talabalarning chiqishlarini tahlil qilib, o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Mazkur spektakl talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti FING 2525-guruh talabalari tomonidan “Afandining besh xotini” nomli komediya janridagi spektakl sahnalashtirildi. Asar muallifi Ibrohim Sodiqov bo‘lib, sahna davomida talabalar o‘z aktyorlik mahorati va obrazlarga kirish qobiliyatini namoyon etdilar.
Spektaklni tayyorlash jarayonida D.Z Rasulmuxamedova, V.S Dvoryashena, Z.I Ibrohimova va X. Madaminova rahbarlik qildilar. Rollarda Afandi obrazini M Esonova, Jannat rolini M Oltiboyeva, Tamanno rolini G Eshnazarova, Zubayda rolini M Abdusattorova, To‘ti xon rolini A Choyanova, Fotima rolini D Toshmirova hamda boshlovchi sifatida S Hamidova ijro etdi.
Sahna yakunida ustozlar D.Z Rasulmuxamedova va V.S Dvoryashena talabalarning chiqishlarini tahlil qilib, o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Mazkur spektakl talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥4👍2🤩2👏1🎉1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Scopus va Web of Science kabi xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqolalar chop etish yuzasidan seminar-trening tashkil etiladi. Unda maqolalarni IMRAD tuzilmasi asosida shakllantirish, xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish hamda ilmiy va texnik sifatni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, seminarda bibliometrik ko‘rsatkichlar, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, nufuzli jurnallarni tanlash va soxta jurnallardan saqlanish masalalari batafsil yoritiladi. Professor-o‘qituvchilar uchun tizimli va foydali ma’lumotlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, kafedra mudirlari hamda yetakchi olimlarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ilmiy faoliyatini rivojlantirishni istagan barcha tadqiqotchilar va qiziquvchilar ham taklif etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥3🎉1🤩1
O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Vazir universitetga jalb qilingan tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi va talabalar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.
Yarmarka universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilib, 34 ta xususiy va davlat tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Tadbir davomida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, mehnat sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yarmarka bitiruvchilarga o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajakdagi rejalari ustida jiddiy o‘ylashga turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, talabalar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👍1🎉1