O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.89K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti talabalari xalqaro taʼlim yoʻnalishida yana bir muhim yutuqqa erishdilar.

Xususan, fakultetning 7 nafar talabalari xalqaro grant dasturi asosida tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, Janubiy Koreyaning nufuzli Suncheon National Universityda tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

Mazkur natijaga koʻra, talabalar joriy yilning 1-sentabridan boshlab ushbu oliy taʼlim muassasasida oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish hamda zamonaviy taʼlim muhitida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ushbu yutuq talabalarning bilimga boʻlgan intilishi, izlanishlari hamda universitetda yaratilgan keng imkoniyatlar natijasi boʻlib, bu kabi muvaffaqiyatlar kelgusida ham davom etishiga zamin yaratadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
🇺🇿 O'ZDJTU
🇺🇿 TARJIMONLIK fakulteti

🗓 2026-yil 8-aprel kuni “Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasi dotsenti, xorijlik mutaxassisi DSc Maksudov Umed Olimovich
tomonidan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun “The Introduction and History of Translation Theory” mavzusida onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur mahorat darsining asosiy maqsadi o‘quvchilarda madaniyat, til va xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan maqollar tarjimasi haqida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, ularning tarjima va turizmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan mahorat darsi o‘quvchilar bilan salomlashish va qizg‘in suhbat orqali boshlandi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga misollar va ularning tarjimasi haqida tadqimot namoyish etildi.
Dars davomida o‘quvchilarga qiziqarli savollar berildi va kichik sinovlar o‘tkazildi. Ushbu nazariy materiallar taqdimotlar va videomateriallar yordamida yetkazib berilib, o‘quvchilarning mavzuni vizual va eshitish orqali yaxshiroq o‘zlashtirishlariga imkon yaratildi.
Dars davomida mavzu bo‘yicha berilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar bilan qizg‘in suhbat qurildi. Jumladan, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. O‘quvchilarning faol ishtiroki kuzatildi.
Xulosa qilib aytganda, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan “The Introduction and History of Translation Theory” mavzusida o‘tkazilgan onlayn mahorat darsi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga to‘liq erishdi. Mazkur dars o‘quvchilarning tarjima sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, sohalarning qiziqarli jihatlarini anglashlariga yordam berdi hamda ularning til va tarjima borasidagi bilimlarini yanada boyitdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
#Amir_Temur #690_yilligi

Sohibqiron merosi – 690 yil davomida barhayot

9-aprel sanasi — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun sifatida tarixda muhrlangan. Oradan asrlar o‘tsa-da, uning hayot yo‘li, jasorati va donoligi bugungi avlod uchun ham muhim saboq bo‘lib qolmoqda.

Sohibqiron ilmni eng katta kuch deb bilgan. Uning qarashlariga ko‘ra, puxta o‘ylangan reja va bilim asosida qabul qilingan qaror eng murakkab vaziyatlarda ham yechim topa oladi.

Ajdodlarimiz merosi bizni yanada yuksak maqsadlar sari chorlaydi. Har birimiz bilimli, qat’iyatli va fidoyi bo‘lishga intilamiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarKuni
#Soʻrovnoma_1
#KitobUlashish

📍Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Uchtepa tumani hokimligining Matbuot xizmati hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining "Xalqaro jurnalistika" fakulteti talaba-yoshlari hamkorligida yoshlar oʻrtasida qiziqarli soʻrovnoma oʻtkazildi.

📚Soʻrovnoma davomida faol ishtirok etgan yoshlarga kitob mutolaa qilishlari uchun qiziqarli kitoblar sovgʻa qilindi.      

MATBUOT XIZMATI


https://t.me/uchtepahokimligi            
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
🔍Web-site|facebook|🌐instagram|📹 youtube
2👍2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakultetida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 8-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Abdusamadov tashabbusi bilan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida FVV akademiyasi kursantlari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish usullari hamda xavfsizlik choralariga oid muhim tavsiyalar ishtirokchilarga tushuntirildi.

Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎞 “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi yakunlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan talabalar quyidagicha g‘olib deb topildi:

🏆 Yakkaxon fotoalbom yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin – Jo‘lliyev Mirjalol Olim o‘g‘li (Xalqaro jurnalistika fakulteti, 4-bosqich)
🥈 2-o‘rin – Sheraliyeva Gulasal Sharofiddin qizi (Xalqaro jurnalistika fakulteti, 1-bosqich)
🥉 3-o‘rin – Mirzakarimova Sitora Lutfillo qizi (Rus filologiyasi fakulteti, 3-bosqich)

👥 Jamoaviy fotoalbom yo‘nalishi bo‘yicha:

🥇1-o‘rin:
• Eliboyeva Muxlisa O‘lmas qizi
• Obidova Nafosat Qaxramon qizi
• Tolipova Maxliyo Shuxrat qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 1-bosqich)

🥈 2-o‘rin:
• Masharipova Dinora Oybek qizi
• Abduhakimova Diyora Rustamjon qizi
(Ingliz tili 2-fakulteti, 3-bosqich)

🥉 3-o‘rin:
• Abdumanofova Marjona Sadriddin qizi
• Saydanvarova Shaxrizodaxon Saidakbar qizi
• Abdulmahmudova E’zozabegim Abdulaziz qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 1-bosqich)

🎁 G‘oliblar belgilangan tartib asosida pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlanadi. Barcha faol ishtirokchilarga ham diplomlar topshiriladi.

📌 Tanlovni yanada rivojlantirish, uni muntazam o‘tkazish va ishtirokchilar sonini kengaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2👏1
🟦🟦🟦

“Qadim so‘z izidan” loyihasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligining xalqaro almashinuv dasturi doirasida tashkil etilgan “Qadim so‘z izidan: umumiy til va adabiyot mutaxassislari almashinuvi” loyihasining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Yig‘ilishda loyiha koordinatori — O‘zDJTU ko‘ngilli o‘qituvchisi, Ikkinchi chet tili kafedrasi dotsenti Muhammed İkbâl Güler tomonidan ishtirokchilarga loyihaning mazmuni va kelgusi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda Samarqand davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilari, O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri E. Moydinova, turk tili o‘qituvchilari hamda Tarjimonlik fakulteti talabalari faol ishtirok etdi.

Loyiha bosqichlari:

1-bosqich (13–19-aprel, 2026-yil) – Turkiyada o‘tkaziladi. Unda O‘zbekistondan 11 nafar professor-o‘qituvchi va 3 nafar talaba ishtirok etadi. Dastur doirasida Qahramonmarash, Shanliurfa hamda Gaziantep shaharlariga tashrif rejalashtirilgan.

2-bosqich (11–18-may, 2026-yil) – O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida tashkil etiladi. Ushbu bosqichda ilmiy muloqotlar va madaniy tadbirlar orqali o‘zaro tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Loyiha turkiy va o‘zbek tillarining mushtarak ildizlarini o‘rganish, adabiyot va tilshunoslik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, kelgusida yoshlar almashinuvini rivojlantirish hamda “Turkiya–O‘zbekiston yoshlar tili va adabiyoti festivali”ni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🎭 “Teatr — talabalar nigohida”

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti FING 2525-guruh talabalari tomonidan “Afandining besh xotini” nomli komediya janridagi spektakl sahnalashtirildi. Asar muallifi Ibrohim Sodiqov bo‘lib, sahna davomida talabalar o‘z aktyorlik mahorati va obrazlarga kirish qobiliyatini namoyon etdilar.

Spektaklni tayyorlash jarayonida D.Z Rasulmuxamedova, V.S Dvoryashena, Z.I Ibrohimova va X. Madaminova rahbarlik qildilar. Rollarda Afandi obrazini M Esonova, Jannat rolini M Oltiboyeva, Tamanno rolini G Eshnazarova, Zubayda rolini M Abdusattorova, To‘ti xon rolini A Choyanova, Fotima rolini D Toshmirova hamda boshlovchi sifatida S Hamidova ijro etdi.


Sahna yakunida ustozlar D.Z Rasulmuxamedova va V.S Dvoryashena talabalarning chiqishlarini tahlil qilib, o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Mazkur spektakl talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4👍2🤩2👏1🎉1