KOICA volontyorlarining 5-guruhi tantanali kutib olindi
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICA loyihasi doirasida volontyorlarning 5-guruhini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.
Mazkur tadbir KOICA tashkilotidan tashrif buyurgan 15 nafar volontyorni qarshi olish hamda ularning mahalliy muhitga moslashuvini taʼminlash maqsadida “Mahalliy hayotga moslashish haftaligi” mavzusida oʻtkazildi.
Tadbirda KOICAʼning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktor oʻrinbosari Kim Siyon hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absalomov kirish soʻzi bilan ishtirok etib, loyiha doirasidagi hamkorlikning ahamiyati, volontyorlik faoliyatining taʼlim jarayonidagi oʻrni hamda ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi roli haqida fikr bildirdilar.
Moslashuv haftaligi doirasida volontyorlar tomonidan talabalar uchun 5 ta asosiy yoʻnalishda jami 9 ta toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi. Jumladan:
• boshlangʻich va oʻrta darajadagi koreys tili kurslari
• TOPIK imtihoniga tayyorlov mashgʻulotlari
• Speaking club
• Koreys anʼanaviy sanʼatiga oid toʻgaraklar (samulnori, milliy raqs, musiqa asboblari ijrosi)
• Zamonaviy yoʻnalishlar: K-pop
• Taekwondo
Mazkur tashabbus talabalarning xorijiy til koʻnikmalarini rivojlantirish bilan birga ularning xalqaro madaniy almashinuv jarayonlarida faol ishtirokini kengaytiradi, amaliy tajribasini boyitadi va dunyoqarashini kengaytiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
Xususan, fakultetning 7 nafar talabalari xalqaro grant dasturi asosida tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, Janubiy Koreyaning nufuzli Suncheon National Universityda tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.
Mazkur natijaga koʻra, talabalar joriy yilning 1-sentabridan boshlab ushbu oliy taʼlim muassasasida oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish hamda zamonaviy taʼlim muhitida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Ushbu yutuq talabalarning bilimga boʻlgan intilishi, izlanishlari hamda universitetda yaratilgan keng imkoniyatlar natijasi boʻlib, bu kabi muvaffaqiyatlar kelgusida ham davom etishiga zamin yaratadi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2
Forwarded from INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI va ITIT TARJIMASHUNOSLIK (PhD Tursunnazarova E.T.)
tomonidan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun “The Introduction and History of Translation Theory” mavzusida onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.🗓 2026-yil 8-aprel kuni “Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasi dotsenti, xorijlik mutaxassisi DSc Maksudov Umed Olimovich
Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan mahorat darsi o‘quvchilar bilan salomlashish va qizg‘in suhbat orqali boshlandi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga misollar va ularning tarjimasi haqida tadqimot namoyish etildi.
Xulosa qilib aytganda, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan “The Introduction and History of Translation Theory” mavzusida o‘tkazilgan onlayn mahorat darsi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga to‘liq erishdi. Mazkur dars o‘quvchilarning tarjima sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, sohalarning qiziqarli jihatlarini anglashlariga yordam berdi hamda ularning til va tarjima borasidagi bilimlarini yanada boyitdi.
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
#Amir_Temur #690_yilligi
Sohibqiron merosi – 690 yil davomida barhayot
9-aprel sanasi — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun sifatida tarixda muhrlangan. Oradan asrlar o‘tsa-da, uning hayot yo‘li, jasorati va donoligi bugungi avlod uchun ham muhim saboq bo‘lib qolmoqda.
Sohibqiron ilmni eng katta kuch deb bilgan. Uning qarashlariga ko‘ra, puxta o‘ylangan reja va bilim asosida qabul qilingan qaror eng murakkab vaziyatlarda ham yechim topa oladi.
Ajdodlarimiz merosi bizni yanada yuksak maqsadlar sari chorlaydi. Har birimiz bilimli, qat’iyatli va fidoyi bo‘lishga intilamiz.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Sohibqiron merosi – 690 yil davomida barhayot
9-aprel sanasi — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun sifatida tarixda muhrlangan. Oradan asrlar o‘tsa-da, uning hayot yo‘li, jasorati va donoligi bugungi avlod uchun ham muhim saboq bo‘lib qolmoqda.
Sohibqiron ilmni eng katta kuch deb bilgan. Uning qarashlariga ko‘ra, puxta o‘ylangan reja va bilim asosida qabul qilingan qaror eng murakkab vaziyatlarda ham yechim topa oladi.
Ajdodlarimiz merosi bizni yanada yuksak maqsadlar sari chorlaydi. Har birimiz bilimli, qat’iyatli va fidoyi bo‘lishga intilamiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2
Forwarded from Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati/Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarKuni
#Soʻrovnoma_1
#KitobUlashish
📍Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Uchtepa tumani hokimligining Matbuot xizmati hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining "Xalqaro jurnalistika" fakulteti talaba-yoshlari hamkorligida yoshlar oʻrtasida qiziqarli soʻrovnoma oʻtkazildi.
📚Soʻrovnoma davomida faol ishtirok etgan yoshlarga kitob mutolaa qilishlari uchun qiziqarli kitoblar sovgʻa qilindi.
https://t.me/uchtepahokimligi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
🔍Web-site|✅facebook|🌐instagram|📹 youtube
#Soʻrovnoma_1
#KitobUlashish
📍Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Uchtepa tumani hokimligining Matbuot xizmati hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining "Xalqaro jurnalistika" fakulteti talaba-yoshlari hamkorligida yoshlar oʻrtasida qiziqarli soʻrovnoma oʻtkazildi.
📚Soʻrovnoma davomida faol ishtirok etgan yoshlarga kitob mutolaa qilishlari uchun qiziqarli kitoblar sovgʻa qilindi.
MATBUOT XIZMATI
https://t.me/uchtepahokimligi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
🔍Web-site|✅facebook|🌐instagram|📹 youtube
❤2👍2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakultetida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 8-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Abdusamadov tashabbusi bilan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida FVV akademiyasi kursantlari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish usullari hamda xavfsizlik choralariga oid muhim tavsiyalar ishtirokchilarga tushuntirildi.
Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!📱 Telegram.📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2