O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.89K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” doirasida talaba-qizlar uchun madaniy dastur tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilayotgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasi doirasida sportchi talaba-qizlar uchun mazmunli madaniy hordiq dasturlari tashkil etildi.

Jumladan, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafar sportchi talaba-qizlar murabbiylari hamda universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qildilar.

Xususan, ular dunyodagi noyob muzeylar qatoridan o‘rin olgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, boy tarixiy va madaniy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qiziqishini oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Koreys tili va madaniyati markazi faoliyati o‘rganildi

2026-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i hamda Sharq filologiyasi fakulteti dekani hamrohligida KOICA granti asosida tashkil etilayotgan Koreys tili va madaniyati markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida rektor markaz uchun KOICA tomonidan taqdim etilgan texnik vositalar, jihozlar, mebellar, shuningdek, Koreya milliy kiyimlari va cholg‘u asboblari bilan tanishdi. Markaz dizayni ko‘zdan kechirilib, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar holati baholandi.

Shu bilan birga, 2026-yil 21-aprel kuni Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi hamda KOICA tashkiloti rahbarlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan markazning ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonlari ham o‘rganildi.

Ma’lumot o‘rnida, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan kelishuv asosida universitetda koreys tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan 1 116 000 AQSH dollari miqdoridagi loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu davrda Koreyadan 70 nafar volontyor-o‘qituvchilar jalb etilishi rejalashtirilgan. Ular tomonidan koreys tili darslarini o‘tish, madaniy tadbirlar tashkil etish, shuningdek, taekvondo, raqs va musiqa to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunga qadar 38 nafar volontyor universitetga tashrif buyurgan. 8-apreldan yana 15 nafar volontyor adaptatsiya va o‘zbek tili kurslarida ishtirok etmoqda. Shundan so‘ng ular o‘z faoliyatini boshlaydi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
🟦🟦🟦

KOICA volontyorlarining 5-guruhi tantanali kutib olindi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICA loyihasi doirasida volontyorlarning 5-guruhini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.

Mazkur tadbir KOICA tashkilotidan tashrif buyurgan 15 nafar volontyorni qarshi olish hamda ularning mahalliy muhitga moslashuvini taʼminlash maqsadida “Mahalliy hayotga moslashish haftaligi” mavzusida oʻtkazildi.

Tadbirda KOICAʼning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktor oʻrinbosari Kim Siyon hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absalomov kirish soʻzi bilan ishtirok etib, loyiha doirasidagi hamkorlikning ahamiyati, volontyorlik faoliyatining taʼlim jarayonidagi oʻrni hamda ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi roli haqida fikr bildirdilar.

Moslashuv haftaligi doirasida volontyorlar tomonidan talabalar uchun 5 ta asosiy yoʻnalishda jami 9 ta toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi. Jumladan:
• boshlangʻich va oʻrta darajadagi koreys tili kurslari
• TOPIK imtihoniga tayyorlov mashgʻulotlari
• Speaking club
• Koreys anʼanaviy sanʼatiga oid toʻgaraklar (samulnori, milliy raqs, musiqa asboblari ijrosi)
• Zamonaviy yoʻnalishlar: K-pop
• Taekwondo

Mazkur tashabbus talabalarning xorijiy til koʻnikmalarini rivojlantirish bilan birga ularning xalqaro madaniy almashinuv jarayonlarida faol ishtirokini kengaytiradi, amaliy tajribasini boyitadi va dunyoqarashini kengaytiradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti talabalari xalqaro taʼlim yoʻnalishida yana bir muhim yutuqqa erishdilar.

Xususan, fakultetning 7 nafar talabalari xalqaro grant dasturi asosida tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, Janubiy Koreyaning nufuzli Suncheon National Universityda tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

Mazkur natijaga koʻra, talabalar joriy yilning 1-sentabridan boshlab ushbu oliy taʼlim muassasasida oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish hamda zamonaviy taʼlim muhitida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ushbu yutuq talabalarning bilimga boʻlgan intilishi, izlanishlari hamda universitetda yaratilgan keng imkoniyatlar natijasi boʻlib, bu kabi muvaffaqiyatlar kelgusida ham davom etishiga zamin yaratadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2