O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

8-aprel kuni Zoom onlayn platformasi hamda oflayn shaklda dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi tashkil etildi.

Unda Minniqulov Islom Urol o‘g‘lining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida shart gaplarning aksiologik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, tadqiqotning metodologik asoslari, qo‘llanilgan ilmiy yondashuvlar, olingan natijalarning ishonchliligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, muallifga tegishli tavsiyalar berildi.

Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi yakunida mazkur ilmiy ish ijobiy baholanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
🟦🟦🟦

8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek startaplarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-treningda iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, istiqbolli g‘oya va tashabbuslarni amaliy loyihalarga aylantirish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmlari hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan nomli davlat stipendiyalariga oid masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish manbalari, startaplarni rivojlantirish bosqichlari hamda amaliyotga joriy etishning muhim jihatlari tushuntirildi.

Seminar-trening talaba-yoshlarda ilmiy va innovatsion faoliyatga qiziqishni yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitetda startap ekotizimini rivojlantirishga turtki bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4👍1
🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” doirasida talaba-qizlar uchun madaniy dastur tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilayotgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasi doirasida sportchi talaba-qizlar uchun mazmunli madaniy hordiq dasturlari tashkil etildi.

Jumladan, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafar sportchi talaba-qizlar murabbiylari hamda universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qildilar.

Xususan, ular dunyodagi noyob muzeylar qatoridan o‘rin olgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, boy tarixiy va madaniy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qiziqishini oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2