O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
46.7K photos
2.9K videos
323 files
9.44K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.🎓

🔹Mazkur uchrashuvda universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi xodimlari M. Boboyev va R. Abdurashidova hamda universitetning iqtidorli talabasi, “Yosh kitobxon – 2025” ko‘rik-tanlovi g‘olibi, shuningdek, Rektor stipendiyasi va Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori U. Xaldurdiyeva ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida M. Boboyev va R. Abdurashidova tomonidan universitet talabalari uchun ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda turli nomli davlat stipendiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 💰Jumladan, ushbu stipendiyalarga nomzod bo‘lish mezonlari, tanlov jarayonlari, shuningdek, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetda yaratilgan keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.


📚Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib, bu borada U. Xaldurdiyeva o‘zining erishgan yutuqlari, ushbu muvaffaqiyatlarga olib kelgan izlanishlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. 🏆Shuningdek, u “Mutolaa” loyihasidagi faoliyati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim bo‘lgan jihatlar hamda davlat stipendiyalariga erishish yo‘lida amalga oshirgan izchil mehnatlari haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berdi.


Tadbir yakunida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi. 💬Uchrashuv jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar va berilgan tavsiyalar o‘quvchilarda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda kelgusida universitetda tahsil olishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

3👏2👍1
🟦🟦

Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

8-aprel kuni Zoom onlayn platformasi hamda oflayn shaklda dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi tashkil etildi.

Unda Minniqulov Islom Urol o‘g‘lining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida shart gaplarning aksiologik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, tadqiqotning metodologik asoslari, qo‘llanilgan ilmiy yondashuvlar, olingan natijalarning ishonchliligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, muallifga tegishli tavsiyalar berildi.

Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi yakunida mazkur ilmiy ish ijobiy baholanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
🟦🟦🟦

8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek startaplarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-treningda iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, istiqbolli g‘oya va tashabbuslarni amaliy loyihalarga aylantirish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmlari hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan nomli davlat stipendiyalariga oid masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish manbalari, startaplarni rivojlantirish bosqichlari hamda amaliyotga joriy etishning muhim jihatlari tushuntirildi.

Seminar-trening talaba-yoshlarda ilmiy va innovatsion faoliyatga qiziqishni yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitetda startap ekotizimini rivojlantirishga turtki bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4👍1
🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” doirasida talaba-qizlar uchun madaniy dastur tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilayotgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasi doirasida sportchi talaba-qizlar uchun mazmunli madaniy hordiq dasturlari tashkil etildi.

Jumladan, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafar sportchi talaba-qizlar murabbiylari hamda universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qildilar.

Xususan, ular dunyodagi noyob muzeylar qatoridan o‘rin olgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, boy tarixiy va madaniy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qiziqishini oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2