Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi (oraliq natijalar)
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Guruh bosqichining dastlabki uchrashuvlari yakuniga yetib, ilk natijalar qayd etildi.
A guruhi natijalari:
• O‘zDJTU 🆚 Farmatsevtika — 2:0
• BuxDPI 🆚 CHDPU — 5:0
B guruhi natijalari:
• FarDTU 🆚 O‘zDSMI — 2:0
• O‘zDJTSU 🆚 BuxDU — 0:1
Hozirda musobaqa davom etmoqda va jamoalar har bir ochko uchun keskin kurash olib bormoqda. Har bir uchrashuv pley-off bosqichiga chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Musobaqa hali yakuniga yetgani yo‘q — oldinda yanada keskin va murosasiz bahslar kutmoqda!
Pley-off bosqichi tartibi:
• 9–10-o‘rin uchun: A5 – B5
• 7–8-o‘rin uchun: A4 – B4
Eng kuchli jamoalar keyingi bosqichlarda o‘zaro bellashib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
IQTIDORLI TALABALARNI CHORLAYMIZ!
O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1 kafedrasi mudiri V.R. Ochilova hamda iqtidorli talaba Erkinboyeva Aziza Ruslonovna tashabbusi bilan navbatdagi ijodiy tanlov tashkil etilmoqda.
🎙 She’rni ifodali o‘qish
🎨 Rassomchilik
🧵 Kashtachilik
🎵 Qo‘shiq kuylash
💃 Raqs
🎼 Chanqovuz chalish
🎶 Lapar ijrosi
G‘olib deb topilgan talabalar nominatsiyalar bo‘yicha aniqlanib, maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar 🎁
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🎉1
🏑 Chim ustida xokkey: “Vazir kubogi” doirasida seminar-trening tashkil etildi
Bugun, 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba qizlari ishtirokida chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi v.b., dotsent (PhD) Yaxshiyeva Mexrinigor Shavkatovna tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda qatnashchilarga xokkey sportining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, asosiy qoidalari hamda amaliy jarayondagi muhim jihatlar keng yoritib berildi.
Tadbir davomida jamoa a’zolari faol qatnashib, o‘yinning nazariy asoslari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirdilar. Mazkur seminar-trening ishtirokchilarning kelgusidagi sport musobaqalarida samarali ishtirok etishlari uchun muhim tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi jarayonidan fotolavha.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-aprel kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilish universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov raisligida o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida kechagi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, ularni universitet miqyosida amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport to‘garaklari faoliyatini kengaytirish hamda infratuzilmadan samarali foydalanish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, mavjud holat tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi talabalar sonini oshirish hamda bu borada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7