O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.91K videos
323 files
9.48K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasidagi chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tantanali tarzda ochib berdi.

Ochilish marosimida universitet rahbariyati, vazirlik mas’ul xodimlari, sport sohasi vakillari, ishtirokchi jamoalar, mehmonlar hamda malakali hakamlar ishtirok etdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi Xurshid Eshov, Toshkent shahar chim ustida xokkey federatsiyasi ijrochi direktori Mahmud Xolmatov hamda O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov so‘zga chiqib, musobaqaning ahamiyati va yoshlar sportidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.

Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va vazirlik mas’ul xodimi Xurshid Eshov ishtirokida musobaqaga ramziy start berildi va o‘yinlar boshlandi.

Musobaqaning ilk uchrashuvlari murosasiz va yuqori ruhda kechdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasining tantanali ochilish marosimidan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi (oraliq natijalar)

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Guruh bosqichining dastlabki uchrashuvlari yakuniga yetib, ilk natijalar qayd etildi.

A guruhi natijalari:
• O‘zDJTU 🆚 Farmatsevtika — 2:0
• BuxDPI 🆚 CHDPU — 5:0

B guruhi natijalari:
• FarDTU 🆚 O‘zDSMI — 2:0
• O‘zDJTSU 🆚 BuxDU — 0:1

Hozirda musobaqa davom etmoqda va jamoalar har bir ochko uchun keskin kurash olib bormoqda. Har bir uchrashuv pley-off bosqichiga chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Musobaqa hali yakuniga yetgani yo‘q — oldinda yanada keskin va murosasiz bahslar kutmoqda!

Pley-off bosqichi tartibi:
• 9–10-o‘rin uchun: A5 – B5
• 7–8-o‘rin uchun: A4 – B4

Eng kuchli jamoalar keyingi bosqichlarda o‘zaro bellashib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5