O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.91K videos
323 files
9.48K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Talabalar holidan habar olindi

🇬🇧 Bugun Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Y. Azzamov va ijtimoiy-psixologik muhitni ta’minlash bo'limi bosh mutahassisi N.O'roqboyeva va fakultet tyutori A.Hamroyev va A.Namozaliyev boshchiligida fakultetimizda ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari o‘rganilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi. Shuningdek, ularga zarur tavsiyalar berilib, qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fakultet rahbariyati tomonidan talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish doimiy e’tiborda ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📢 E’LON

Hurmatli universitetimiz bitiruvchi talabalari !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, shuningdek, 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda 2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida, universitetdagi Fakultetlar hamda Registrator ofisi tomonidan tashkil etilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi"ga barchangizni taklif etamiz.

📅 Sana: 2026-yil 9-aprel
Vaqt: 9:00
📍 Joy: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, G9-A, 21-uy (asosiy bino)
📍 Tadbir: “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”

Universitetimiz barcha bitiruvchi talabalarini mazkur yarmarkada faol qatnashishga taklif etamiz.
6
🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – o‘yinlar oldidan tayyorgarlik jarayoni

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida talaba-qizlar o‘rtasidagi chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik jarayoni kechmoqda.

Jamoalar maydonda so‘nggi mashg‘ulotlarni olib borib, texnika va taktik harakatlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Har bir ishtirokchi g‘alaba sari ishonch bilan maydonga chiqishga shay.

Oldinda murosasiz va hayajonli uchrashuvlar boshlanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasidagi chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tantanali tarzda ochib berdi.

Ochilish marosimida universitet rahbariyati, vazirlik mas’ul xodimlari, sport sohasi vakillari, ishtirokchi jamoalar, mehmonlar hamda malakali hakamlar ishtirok etdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi Xurshid Eshov, Toshkent shahar chim ustida xokkey federatsiyasi ijrochi direktori Mahmud Xolmatov hamda O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov so‘zga chiqib, musobaqaning ahamiyati va yoshlar sportidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.

Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va vazirlik mas’ul xodimi Xurshid Eshov ishtirokida musobaqaga ramziy start berildi va o‘yinlar boshlandi.

Musobaqaning ilk uchrashuvlari murosasiz va yuqori ruhda kechdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1