O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.91K videos
323 files
9.48K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Koreyaning Jeju Halla universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi

7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya Respublikasining Jeju Halla universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida mehmonlar tarkibida xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezident SHIN Wuikyung, Koreys tili instituti direktori PARK Hyeseo, korporatsiya bosh direktori JWA Jiwoo, biznesni rivojlantirish bo‘limi guruh rahbari KIM Kain hamda xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi KIM Jisoo ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djuraev hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absolomov qatnashdi.

Muzokaralar davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, qisqa muddatli o‘quv va sayohat (qishki va yozgi lager) dasturlarini davom ettirish, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, Sejong markazini tashkil etish, sun’iy intellekt elementlarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish, 3+1 ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, Work and Travel dasturlari, xorijlik o‘qituvchilarni jalb qilish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hamshiralik yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislik berish orqali talabalarni Koreyada ish bilan ta’minlash, turizm va menejment sohalarida qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarini ochish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
🟦🟦🟦

🎶 Chim ustida xokkey: “Do‘stlik kechasi”

7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Do‘stlik kechasi” katta ijodiy uchrashuv tarzida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida jamoalar bir-biri bilan tanishib, qisqa taqdimotlar orqali o‘zaro muloqot qildilar. Shuningdek, talabalar qo‘shiqlar ijro etib, o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar va musiqiy chiqishlar bilan hamkorlik ruhini mustahkamlashdi.

Ushbu kecha ishtirokchilarga ijodiy fikrlash, jamoaviy ruh va yangi do‘stliklar o‘rnatish imkonini yaratdi, kelajakdagi musobaqalarda hamkorlikka tayyorlashga yordam berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
🟦🟦🟦

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi – INHA Universiteti

7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Karyera markazi xodimlari INHA universitetida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida markaz xodimlari turli tashkilot va kompaniyalar vakillari bilan uchrashib, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, uchrashuvlarda universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur yarmarka yangi hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, bitiruvchilar bandligini oshirish va talabalarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7😢1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – qur’a tashlash natijalari e’lon qilindi

Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari uchun o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi yakunlariga ko‘ra jamoalar guruhlarga ajratildi.

📊 Qur’a natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Musobaqalarda barcha jamoalarga omad tilaymiz!


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🎉2
Talabalar holidan habar olindi

🇬🇧 Bugun Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Y. Azzamov va ijtimoiy-psixologik muhitni ta’minlash bo'limi bosh mutahassisi N.O'roqboyeva va fakultet tyutori A.Hamroyev va A.Namozaliyev boshchiligida fakultetimizda ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari o‘rganilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi. Shuningdek, ularga zarur tavsiyalar berilib, qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fakultet rahbariyati tomonidan talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish doimiy e’tiborda ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3