Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
🛡 “Biz zo'ravonlikka qarshimiz!”
7-aprel kuni, Ingliz filologiyasi fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir universitetning “Ijtimoiy-psixologik muhiti bilan ishlash bo‘limi” boshlig'i F. Xabiyeva, bo'lim psixologlari Z. Xayrullayeva, Sh. Bo'stonova, fakultet mutaxassisi N. O'roqboyeva va xotin-qizlar bo'yicha dekan maslahatchisi Z. Mannopova tomonidan ko'tarinki ruhda olib borildi.
Nega bu muhim?
Mutaxassis-psixologlar talabalar bilan birga real vaziyatlarni (keys-tahlil) muhokama qilib, krizis holatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdilar.
Eslatamiz: Har bir talaba xavfsiz muhitda ta’lim olishga haqli!
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Tadbirning asosiy mavzulari:
🚫 Bulling va kiberbulling: Ulardan qanday himoyalanish kerak?
🤝 Sog‘lom muhit: O‘zaro hurmat va muloqot madaniyati.
⚖️ Nizolar yechimi: Muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish usullari.
Nega bu muhim?
Mutaxassis-psixologlar talabalar bilan birga real vaziyatlarni (keys-tahlil) muhokama qilib, krizis holatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdilar.
Eslatamiz: Har bir talaba xavfsiz muhitda ta’lim olishga haqli!
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
🔥3👍2❤1😢1
Koreyaning Jeju Halla universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya Respublikasining Jeju Halla universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida mehmonlar tarkibida xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezident SHIN Wuikyung, Koreys tili instituti direktori PARK Hyeseo, korporatsiya bosh direktori JWA Jiwoo, biznesni rivojlantirish bo‘limi guruh rahbari KIM Kain hamda xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi KIM Jisoo ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djuraev hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absolomov qatnashdi.
Muzokaralar davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, qisqa muddatli o‘quv va sayohat (qishki va yozgi lager) dasturlarini davom ettirish, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, Sejong markazini tashkil etish, sun’iy intellekt elementlarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish, 3+1 ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, Work and Travel dasturlari, xorijlik o‘qituvchilarni jalb qilish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hamshiralik yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislik berish orqali talabalarni Koreyada ish bilan ta’minlash, turizm va menejment sohalarida qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarini ochish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍1
7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Do‘stlik kechasi” katta ijodiy uchrashuv tarzida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jamoalar bir-biri bilan tanishib, qisqa taqdimotlar orqali o‘zaro muloqot qildilar. Shuningdek, talabalar qo‘shiqlar ijro etib, o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar va musiqiy chiqishlar bilan hamkorlik ruhini mustahkamlashdi.
Ushbu kecha ishtirokchilarga ijodiy fikrlash, jamoaviy ruh va yangi do‘stliklar o‘rnatish imkonini yaratdi, kelajakdagi musobaqalarda hamkorlikka tayyorlashga yordam berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9