O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.9K videos
323 files
9.46K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🔴Uchrashuv davomida Yoshlar akademiyasi liderlari hamda iqtidorli talabalar uchun start-up loyihalar va kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish yo‘nalishida muhim vazifalar belgilab berildi.

💡Jumladan:
🔹 innovatsion va amaliy ahamiyatga ega start-up loyihalarni shakllantirish;
🔹 kreativ fikrlashni rivojlantirish va yangi g‘oyalarni ilgari surish;
🔹 ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish ko‘nikmalarini oshirish;
🔹 jamoa bilan ishlash va loyihalarni samarali boshqarish kompetensiyalarini rivojlantirish.

🎓 Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari sohiblari hamda 2026–2027-o‘quv yili uchun nomli davlat stipendiyalariga da’vogarlik qilish istagida bo‘lgan iqtidorli talabalar uchun ham alohida vazifalar yuklatildi.

📚 Xususan:
🔹 ular ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish;
🔹 stipendiya tanlovlariga tayyorgarlik jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish;
🔹 hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tanlov mezonlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
🔹 ilg‘or tajribaga ega stipendiya sohiblari ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish.


🤝 Mazkur vazifalar yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida davlat stipendiyalariga munosib nomzod sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
6👍2
🟦🟦🟦

🏑 Chim ustida xokkey: “Vazir kubogi” – seminar-trening bo‘lib o‘tdi

7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba qizlari o‘rtasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi v.b., dotsent (PhD) Yaxshiyeva Mexrinigor Shavkatovna taqdimot orqali ishtirokchilarga xokkey o‘yini tarixi, qoidalari, paydo bo‘lishi va amaliyotdagi asosiy tamoyillar haqida batafsil tushuntirish berdi.

Seminarda barcha jamoa a’zolari ishtirok etdi, shuningdek, ular o‘yinning nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishib, kelajakdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili ikkinchi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Ingliz tili ikkinchi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, fakultetning maqsadli ko‘rsatkichlari, xalqaro va ilmiy faoliyatga oid masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida hozirgi kunga qadar maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, bu borada hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Jumladan, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etishi, xalqaro konferensiyalarda ishtiroki, xorijiy hamkorlikni kengaytirish hamda grant loyihalarida faol qatnashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarining sifatli tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va samarali o‘tilishi, talabalarning darslarda faolligi va davomati, professor-o‘qituvchilarning darslarda muntazam ishtirok etishi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, o‘quv jarayoniga oid barcha ma’lumotlarni Hemisphere elektron platformasi orqali o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritib borish, baholash natijalarini tizimga joylashtirish hamda elektron ta’lim tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘nggida ilmiy darajaga ega bo‘lgan hamda ilmiy unvonni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar fakultet jamoasi oldida munosib taqdirlanib, ularning mehnatlari e’tirof etildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5😢1