O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.91K videos
323 files
9.48K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – Qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi

Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchi jamoalar guruhlarga ajratilib, musobaqaning o‘yinlar jadvali va tartibi belgilab olindi. Har bir jamoa o‘z raqiblari bilan tanishib, bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qur’a tashlash marosimi musobaqalarning ochiq va adolatli tarzda tashkil etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
📢 DIQQAT, E’LON!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotla va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda startaplarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Seminar-treninglar grafigi:


📍 08-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili
3-fakulteti, Tarjimonlik fakulteti

📍 14-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti Rus filologiyasi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti

🔹 Barcha professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar seminar-treninglarda faol ishtirok etishga taklif etiladi.

#SeminarTrening #Innovatsiya #Startap #IlmiyFaoliyat
4🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – Mandat komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan mandat komissiyasi yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchi jamoalarning hujjatlari batafsil ko‘rib chiqildi, talab va nizomlarga muvofiqligi tekshirildi hamda musobaqada qatnashuvchi jamoalarning yakuniy ro‘yxati shakllantirildi.

Mazkur jarayon musobaqani tartibli va yuqori saviyada o‘tkazishning muhim bosqichlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sport musobaqalarining shartlari ham muhokama qilinib, jamoaviy o‘yin madaniyati, o‘zaro hurmat, halollik tamoyillariga amal qilish hamda o‘yin qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
📣Muhim uchrashuv va vazifalar

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichlarini shaffof, adolatli va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tizimli ishlar olib borish.

🔹 ikki oy muddatda barcha talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining mazmun-mohiyati, talablari hamda rag‘batlantiruvchi imtiyozlari haqida keng xabardor qilish;
🔹 iqtidorli talabalarni birinchi kursdan boshlab saralash, ular bilan maqsadli va tizimli ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
🔹 2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident davlat stipendiyasi tanloviga nomzodlarni tavsiya etishda ularning hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
🔹 barcha jarayonlarni Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori talablariga muvofiq tashkil etish;


📌 Shu munosabat bilan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh. Ismatova hamda Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva tomonidan keng qamrovli uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuvda:
🔹Ilmiy ishlar bo’yicha fakultet movinlari,
🔹Prezident granti sohiblari,
🔹nomli davlat stipendiyalari sohiblari,
🔹Yoshlar akademiyasi liderlari,
🔹iqtidorli talabalar

ishtirok etdi.

💡 Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, tanlovlarda yuqori natijalarga erishish hamda kelgusida davlat stipendiyalariga munosib nomzod sifatida shakllanishlari uchun aniq vazifalar va yo‘nalishlar belgilab berildi.

🚀 Mazkur uchrashuv yoshlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda yurtimizda iqtidorli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
5👍2