O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.91K videos
323 files
9.48K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitet rektori, p.f.d., professor I.M. Tuxtasinov so‘zga chiqib, Amir Temur shaxsining tarixiy ahamiyati, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda boy ma’naviy merosi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Dastur davomida Milliy gvardiya harbiy-musiqaviy jamoasi chiqishlari, professor Zamonov Akbar Turg‘unovichning ma’ruzasi hamda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Qo‘shiqlar, raqslar, monolog va sahna ko‘rinishlari orqali Amir Temur siymosi va uning boy merosi keng yoritildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍3🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

📹 Amir Temur tavalludining 690 yilligi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍8🔥1🎉1
🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – Qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi

Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchi jamoalar guruhlarga ajratilib, musobaqaning o‘yinlar jadvali va tartibi belgilab olindi. Har bir jamoa o‘z raqiblari bilan tanishib, bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qur’a tashlash marosimi musobaqalarning ochiq va adolatli tarzda tashkil etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
📢 DIQQAT, E’LON!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotla va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda startaplarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Seminar-treninglar grafigi:


📍 08-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili
3-fakulteti, Tarjimonlik fakulteti

📍 14-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti Rus filologiyasi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti

🔹 Barcha professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar seminar-treninglarda faol ishtirok etishga taklif etiladi.

#SeminarTrening #Innovatsiya #Startap #IlmiyFaoliyat
4🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏑 “Vazir kubogi” – Mandat komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan mandat komissiyasi yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchi jamoalarning hujjatlari batafsil ko‘rib chiqildi, talab va nizomlarga muvofiqligi tekshirildi hamda musobaqada qatnashuvchi jamoalarning yakuniy ro‘yxati shakllantirildi.

Mazkur jarayon musobaqani tartibli va yuqori saviyada o‘tkazishning muhim bosqichlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sport musobaqalarining shartlari ham muhokama qilinib, jamoaviy o‘yin madaniyati, o‘zaro hurmat, halollik tamoyillariga amal qilish hamda o‘yin qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6