Talabalar olimpiadasi: universitet bosqichi boshlandi
Bugun, 7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining universitet bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.
Musobaqalar 6 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, har bir fakultetdan jamoalar qatnashmoqda.
Jami 25 ta jamoa tarkibida 300 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 7-aprel, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” ochilish marosimidan videolavha.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥4
🏑 “Vazir kubogi” arafasida tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari vakillari bosqichma-bosqich yetib kelmoqda. Jumladan, Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talaba-qizlar jamoalari O‘zDJTU mas’ullari tomonidan kutib olinib, universitetning 6-sonli talabalar turar joyiga joylashtirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitet rektori, p.f.d., professor I.M. Tuxtasinov so‘zga chiqib, Amir Temur shaxsining tarixiy ahamiyati, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda boy ma’naviy merosi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Dastur davomida Milliy gvardiya harbiy-musiqaviy jamoasi chiqishlari, professor Zamonov Akbar Turg‘unovichning ma’ruzasi hamda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Qo‘shiqlar, raqslar, monolog va sahna ko‘rinishlari orqali Amir Temur siymosi va uning boy merosi keng yoritildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3👍3🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Amir Temur tavalludining 690 yilligi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan videolavha.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍8🔥1🎉1
🏑 “Vazir kubogi” – Qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi
Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchi jamoalar guruhlarga ajratilib, musobaqaning o‘yinlar jadvali va tartibi belgilab olindi. Har bir jamoa o‘z raqiblari bilan tanishib, bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Qur’a tashlash marosimi musobaqalarning ochiq va adolatli tarzda tashkil etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2