Sportchi qizlar salomatligi nazoratdan o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilayotgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari doirasida ishtirokchilar uchun zarur sharoitlar yaratish ishlari izchil davom etmoqda.
Musobaqa qatnashchisi bo‘lgan sportchi qizlarning salomatligini ta’minlash maqsadida ular uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik davomida sportchilarning umumiy sog‘ligi, jismoniy holati hamda musobaqalarda ishtirok etish uchun tayyorgarlik darajasi baholandi.
Mazkur tibbiy nazorat sportchi qizlarning musobaqalarda xavfsiz va samarali ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
⚜️“Sohibqiron” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin (3 nafar) – Aqlli ko‘zoynak;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Led stol lampasi;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Airpods Pro 2.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🩺 7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni
💠Mazkur sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimizning joriy yil 18-mart kuni tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti, unda 25 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgani alohida ta’kidlandi.
🔹Tadbirda universitet bosh hamshirasi Azimbaeva Zilola, Ingliz filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sh.Zokirov hamda tyutorlar X.Madaminova va M.Azimova ishtirok etdilar.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
💠Mazkur sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimizning joriy yil 18-mart kuni tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti, unda 25 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgani alohida ta’kidlandi.
🔹Tadbirda universitet bosh hamshirasi Azimbaeva Zilola, Ingliz filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sh.Zokirov hamda tyutorlar X.Madaminova va M.Azimova ishtirok etdilar.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
❤3🔥2
Talabalar olimpiadasi: universitet bosqichi boshlandi
Bugun, 7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining universitet bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.
Musobaqalar 6 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, har bir fakultetdan jamoalar qatnashmoqda.
Jami 25 ta jamoa tarkibida 300 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3👍2