O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
46.9K photos
2.9K videos
323 files
9.46K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU talabalari Germaniyaga jo‘nab ketmoqda

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti nemis tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari bilan safaroldi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv talabalarni xorijda ta’lim olishga tayyorlash, safar davomida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan muhim masalalarni tushuntirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati va mas’ullar, jumladan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun:
Talabalar 2026-yil 7-apreldan 30-iyulga qadar Germaniyaning Mainz universiteti huzuridagi Germershaym Tarjimonlik institutida ta’lim olishadi. Dastur doirasida har bir talaba aviabilet uchun 700 yevro hamda o‘qish davri uchun 2700 yevro miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talabalar uchun mas’ul sifatida Germershaym Tarjimonlik instituti Rus-nemis tillari bo‘limi boshlig‘i, professor Misha Gabovich biriktirilgan.

Talabalar Germershaym shahrida ijaradagi kvartiralarda istiqomat qiladi. Ular Frankfurt xalqaro aeroportida Germaniyalik talabalar tomonidan kutib olinib, institutga yetkaziladi.

Uchrashuv davomida talabalarga ta’lim dasturi, Germaniyadagi yashash sharoitlari, xavfsizlik qoidalari hamda ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan batafsil ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda universitet rektori talabalarga xorijdagi o‘qish jarayonida omad tilab, har bir mamlakat va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini ta’kidladi. U talabalar o‘z bilim va odobi bilan universitet nomiga faqat ijobiy taassurot olib kelishlari lozimligini alohida qayd etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥2🎉2
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari M. Allamova hamda Yu. Tadjiyeva boshchiligida 2515-, 2516- va 2518-guruhlar talabalari ishtirokida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, “Zaynab nolasi” monologi, she’riy chiqishlar hamda milliy raqslar namoyish etildi. Har bir chiqish orqali Amir Temurning jasorati, dono siyosati va buyuk merosi yorqin ifoda etildi.

Shuningdek, tadbirda Amir Temurning hayoti, uning davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan fazilatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.


Buyuk ajdodlar - buyuk kelajak poydevori!
Ularning merosi bizga ilhom va kuch bag‘ishlaydi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5👏1🎉1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili ikkinchi fakultetida ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida Uchtepa tumani IIO FMB JQB t/v leytenant Sh.Sh. Nurahmadovlar tashrif buyurib, talabalar bilan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, internetdan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga qonunlarga hurmat bilan qarash, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar. Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlar uchun foydali tavsiyalar berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlarning asosiy maqsadi – yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli salbiy holatlardan asrash hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Tadbir yakunida talabalar bunday uchrashuvlar ularning bilim va dunyoqarashini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6