O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Registrator ofisi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarka yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov ochib berib, bunday yarmarkalar talabalarning kelajak kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shuningdek, Uchtepa tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azizbek Azimov so‘zga chiqib, tadbirning ahamiyati, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni amaliy faoliyatga jalb etishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Yarmarkada 50 dan ortiq xususiy va davlat tashkilotlari, jumladan yirik brendlar va turli korxona-muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Unda universitetning bitiruvchi talabalari faol qatnashib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlariga mos ish o‘rinlarini topish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, foydali tavsiyalar oldilar hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Yarmarka talabalarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajak rejalari ustida jiddiy o‘ylashiga turtki bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
2026-yil 6-aprel — ma’naviy meros sari muhim qadam
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetining MDLU 1-kurs talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tyutor N. Mannonova tashabbusi bilan Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi donishmandligi hamda Temuriylar davlati tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzeyda namoyish etilgan nodir eksponatlar — tarixiy qurol-yarog‘lar, qimmatbaho taqinchoqlar va o‘sha davr madaniyatini aks ettiruvchi buyumlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tashrifni tashkil etishda talabalarning mazmunli va samarali vaqt o‘tkazishlariga yaqindan ko‘maklashgan Qo‘shma ta’lim fakulteti tyutori N. Mannonovaga alohida minnatdorchilik bildiriladi.
Bunday tashriflar yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤3👍1😢1
Mazkur seminar "Sunʼiy intellekt yordamida loyihalarni avtomatik rejalashtirish va shakllantirish" mavzusiga bagʻishlandi.
Seminar davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi, loyiha faoliyatini samarali tashkil etishdagi ahamiyati hamda zamonaviy dasturiy vositalar yordamida loyihalarni avtomatlashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid taqdimotlar namoyish etilib, amaliy misollar asosida sunʼiy intellektning turli sohalardagi qoʻllanilishi yoritib berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari oʻzaro tajriba almashib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur seminar zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirish hamda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida yana bir muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir davomida universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov hamda “Al-Aziz Academy” nodavlat ta’lim muassasasi bosh direktori Yuldashov Aziz Avazovich o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi. Hamkorlik natijasida talabalar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlari kengayib, yangi ish o‘rinlari ochilishi rejalashtirilmoqda.
Universitet Karyera markazi tomonidan ilgari surilayotgan bu kabi tashabbuslar yoshlarning kasbiy rivoji va mehnat bozorida mustahkam o‘rin egallashiga zamin yaratmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2