TALABALAR SPORTIGA QARATILGAN YANA BIR YIRIK LOYIHAGA START BERILDI!
Bugun, 6-aprel kuni Toshkent shahridagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Marosimda Prezident Administratsiyasi vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikromov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, shuningdek, OTM rektorlari, sport federatsiyalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar yoshlarni sog‘lom va har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini alohida ta’kidlashdi.
Musobaqalar Sport vazirligining “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinadi.
📊 Hozirga qadar:
• 168 ta OTM (92 ta davlat, 52 ta nodavlat, 24 ta xorijiy) ro‘yxatdan o‘tgan
• 159 mingdan ortiq talaba ishtirok etish istagini bildirgan
Musobaqalar 3 bosqichda o‘tkaziladi:
• 1-bosqich: 6–20-aprel
• 2-bosqich: 1–15-may
• Final: 1–10-iyun (Toshkent, Olimpiya shaharchasi)
Bellashuvlar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi: voleybol, gandbol, basketbol 3x3, stol tennisi, futbol, yengil atletika hamda suzish.
Ushbu olimpiada talaba-yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, sog‘lom va faol hayot tarzini keng yoyishi kutilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1🔥1
ADIBLAR XIYOBONIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY VA SPORT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
6-aprel kuni soat 13:30 da Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali poyida Ingliz tili birinchi fakulteti tashabbusi bilan ommaviy sport hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini, tyutorlar hamda 30 nafardan ziyod faol talabalar ishtirok etdi.
Tadbirlar doirasida:
— sheʼriyat kechalari
— kitob mutolaasi musobaqalari
— adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼruzalar
— sahnalashtirilgan teatr chiqishlari
Shuningdek, sport musobaqalari:
— yugurish
— shaxmat va shashka
— voleybol bellashuvlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlar, adabiy meros va sog‘lom turmush tarziga oid davra suhbatlari ham tashkil etildi.
Ushbu tashabbus yoshlarda adabiyotga, sportga va sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularning ijtimoiy faolligi hamda jamoaviylik ruhini yanada mustahkamladi.
Bunday tadbirlar orqali talabalar atoqli adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yanada yaqinroq tanishdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🔥1👏1🤩1
O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Registrator ofisi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarka yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov ochib berib, bunday yarmarkalar talabalarning kelajak kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shuningdek, Uchtepa tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azizbek Azimov so‘zga chiqib, tadbirning ahamiyati, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni amaliy faoliyatga jalb etishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Yarmarkada 50 dan ortiq xususiy va davlat tashkilotlari, jumladan yirik brendlar va turli korxona-muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Unda universitetning bitiruvchi talabalari faol qatnashib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlariga mos ish o‘rinlarini topish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, foydali tavsiyalar oldilar hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Yarmarka talabalarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajak rejalari ustida jiddiy o‘ylashiga turtki bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
2026-yil 6-aprel — ma’naviy meros sari muhim qadam
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetining MDLU 1-kurs talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tyutor N. Mannonova tashabbusi bilan Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi donishmandligi hamda Temuriylar davlati tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzeyda namoyish etilgan nodir eksponatlar — tarixiy qurol-yarog‘lar, qimmatbaho taqinchoqlar va o‘sha davr madaniyatini aks ettiruvchi buyumlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tashrifni tashkil etishda talabalarning mazmunli va samarali vaqt o‘tkazishlariga yaqindan ko‘maklashgan Qo‘shma ta’lim fakulteti tyutori N. Mannonovaga alohida minnatdorchilik bildiriladi.
Bunday tashriflar yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetining MDLU 1-kurs talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tyutor N. Mannonova tashabbusi bilan Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi donishmandligi hamda Temuriylar davlati tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzeyda namoyish etilgan nodir eksponatlar — tarixiy qurol-yarog‘lar, qimmatbaho taqinchoqlar va o‘sha davr madaniyatini aks ettiruvchi buyumlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tashrifni tashkil etishda talabalarning mazmunli va samarali vaqt o‘tkazishlariga yaqindan ko‘maklashgan Qo‘shma ta’lim fakulteti tyutori N. Mannonovaga alohida minnatdorchilik bildiriladi.
Bunday tashriflar yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1😢1