O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.55K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘ZDJTU VAKILLARI “OROL DENGIZIGA POYEZD” EKOLOGIK AKSIYA DOIRASIDA MADANIY VA EKOLOGIK TADBIRLARDA ISHTIROK ETDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davom etayotgan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari hamda Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Muxammadiyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar qadimiy va betakror tarixiy maskan — Ichan qal’a hududida tashkil etilgan “Cho‘girma” flash mob shouda faol ishtirok etdilar. Tadbir milliy ruh va an’analarga boy tarzda o‘tkazilib, unda turli kuy-qo‘shiqlar, milliy urf-odatlar hamda sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar ushbu jarayon orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar Xiva shahridagi ko‘plab tarixiy obidalarni tomosha qilib, ularning tarixiy ahamiyati va me’moriy xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida ekologik jihatdan toza transport vositasi — trolleybus orqali Ichan qal’a hududiga borilgani alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Bu esa yoshlar orasida ekologik madaniyatni targ‘ib etishda muhim jihatlardan biri sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, talabalar Jaloliddin Manguberdi haykalini ziyorat qilib, buyuk tarixiy shaxs xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shuningdek, Avesto yodgorligiga tashrif buyurilib, qadimgi sivilizatsiya va madaniyat ildizlari bilan tanishildi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirish hamda ekologik ong va mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tajriba bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

“Orol dengiziga poyezd” ekologik aksiyasi doirasida O‘zDJTU vakillarining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan madaniy va ekologik tadbirlarning eng yorqin lahzalari video lavhada jamlandi.

Unda Ichan qal’adagi “Cho‘girma” flash mob shousi, tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat, trolleybusdagi ekologik tashabbus hamda Jaloliddin Manguberdi haykali va Avesto yodgorligiga tashrif jarayonlari aks etgan.

🎬 Mazkur video orqali ushbu safarning taassurotlari va muhitini yanada yaqqol his etish mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7🔥32👍2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🧠🧠🧠🧠

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti  Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili ikkinchi fakulteti kengashi tomonidan
3-aprel kuni zakovat Dekan kubogi yettinchi tur oʻyini tashkil qilindi.

🧠 Musobaqa davomida talabalar oʻz bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorligini namoyon etdilar. Qiziqarli savollar, kuchli raqobat va yuqori intellektual muhit oʻyinlarga alohida ruh bagʻishladi.

🏅Jamoalar reyting ballarini yigʻishda davom etmoqda
Yettinchi tur natijalariga koʻra ushbu jamoalar eng yuqori reyting ballarga ega boʻlib turibdi:
1️⃣Turon 138
2️⃣ Antigrob 118 ( qoʻshimcha koʻrsatkich hisobiga )
3️⃣ Sharqiy Qirollik 118


😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3👏1
📢 E’LON

Hurmatli universitetimiz xodimlari va bitiruvchi talabalar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, shuningdek, 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda 2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida, universitetda Registrator ofisi tomonidan tashkil etilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi"ga barchangizni taklif etamiz.

📅 Sana: 2026-yil 6-aprel
Vaqt: 10:00
📍 Joy: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, G9-A, 21-uy (asosiy bino)
📍 Tadbir: “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”

Universitetimiz xodimlari, talaba va bitiruvchi talabalarini mazkur yarmarkada faol qatnashishga taklif etamiz.

Eslatma: Talabalar til bilish sertifikatlari bilan yarmarkada qatnashishlari ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradi va tavsiya etiladi.
3👍2🔥1🤩1
Forwarded from Ismoil Isroilov | Work
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Student today. $2000+/month teacher by next year.

WeTeach experts are breaking down exactly how during the seminar — live, at UzSWLU, on April 11.

If you're serious about building a teaching career worth having, this is your chance!

📍 UzSWLU | April 11 | 15:00
🔒 40 seats only - filling fast.

👇 Register now:

https://forms.gle/tfWc3vogvZFVwYFS8
3👍2🔥2
🌱 O‘zDJTUda “Ekologik PR” doirasida rayhon ekish aksiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida “Ekologik PR” fani doirasida rayhon ekish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur tashabbus 4-kurs Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi talabalari ishtirokida boshlangan bo‘lib, qisqa vaqt ichida boshqa yo‘nalish talabalarini ham birlashtirdi. Aksiya fakultet hududida ekologik faollikni oshirish bilan birga, keng jamoatchilik e’tiborini ham tortdi.

Fakultet dekani A. Matyakubov ta’kidlaganidek, bunday loyihalar talabalarda nafaqat nazariy bilim, balki ijtimoiy mas’uliyat va faollikni ham shakllantiradi.

“Ekologik PR” fani o‘qituvchisi M. Saburova esa ushbu loyiha talabalar uchun real amaliy tajriba bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi.

Fakultet komendanti Z. Murshayeva fikricha, hududda yaratilayotgan yashil muhit nafaqat ko‘rkamlik bag‘ishlaydi, balki sog‘lom va qulay sharoitni ham ta’minlaydi.

4-kurs talabasi P. G‘aniyev:
“Bu loyiha bizni birlashtirdi va ekologik fikrlashga undadi.”

🌿 Rayhon — kam suv talab qiladigan, havoni tozalovchi va ekologik barqarorlikka xizmat qiluvchi o‘simlik hisoblanadi.

Mazkur loyiha nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirish, balki talabalarda ekologik ongni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Kelgusida tashabbusni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
9🎉2👍1