O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.6K photos
2.95K videos
323 files
9.59K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
6-TTJda davra suhbati tashkil etildi

6-TTJ yotoqxonasida qo‘shma ta’lim yo‘nalishi tyutori N. Mannonova hamda Zulfiya Xaydarovna opa boshchiligida talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida talabalar bilan gigiyenik tozalikni saqlash, yotoqxona hududida ozodalikka rioya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔌 Shuningdek, texnik vositalardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📋 Talabalarga ichki tartib-intizom qoidalariga amal qilish muhimligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

🏃‍♂️Uchrashuv jarayonida talabalarga spor bilan ham shugʻulanishni ertalab turib badan tarbiya qilishni ham takidlab oʻtildi.O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kundalik hayotda zarur bo‘lgan foydali tavsiyalar bilan tanishdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
📢 E’LON

Hurmatli universitetimiz xodimlari va bitiruvchi talabalar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, shuningdek, 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda 2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida, universitetda Registrator ofisi tomonidan tashkil etilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi"ga barchangizni taklif etamiz.

📅 Sana: 2026-yil 6-aprel
Vaqt: 10:00
📍 Joy: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, G9-A, 21-uy (asosiy bino)
📍 Tadbir: “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”

Universitetimiz xodimlari, talaba va bitiruvchi talabalarini mazkur yarmarkada faol qatnashishga taklif etamiz.

Eslatma: Talabalar til bilish sertifikatlari bilan yarmarkada qatnashishlari ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradi va tavsiya etiladi.
4👍1
🎓 O’zDJTU Yoshlar akademiyasi a’zolari muhim taqdimotda faol ishtirok etdi.

2026-yil 4-aprel kuni Ziyo forum Yoshlar markazida Prezident va nomli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar akademiyasi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar:
🔹 Prezident va davlat stipendiyalariga hujjat tayyorlash tartibi
🔹 Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish sirlari
🔹 G‘oliblik strategiyalari
🔹 Stipendiatlarning shaxsiy tajribalari

haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🎤 Taqdimot “Beruniy” davlat stipendianti, “Yil talabasi – 2021” tanlovi g‘olibi Mustafoyev Eldor Ilxom o‘g‘li tomonidan olib borildi va talabalarga o‘zining muvaffaqiyat yo‘li hamda amaliy tavsiyalarini ulashdi.

Mazkur uchrashuv O’zDJTU Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun ilmiy va shaxsiy rivojlanish yo‘lida muhim motivatsion maydon bo‘ldi.
👍42
🟦🟦🟦

O‘ZDJTU VAKILLARI “OROL DENGIZIGA POYEZD” EKOLOGIK AKSIYA DOIRASIDA MADANIY VA EKOLOGIK TADBIRLARDA ISHTIROK ETDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davom etayotgan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari hamda Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Muxammadiyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar qadimiy va betakror tarixiy maskan — Ichan qal’a hududida tashkil etilgan “Cho‘girma” flash mob shouda faol ishtirok etdilar. Tadbir milliy ruh va an’analarga boy tarzda o‘tkazilib, unda turli kuy-qo‘shiqlar, milliy urf-odatlar hamda sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar ushbu jarayon orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar Xiva shahridagi ko‘plab tarixiy obidalarni tomosha qilib, ularning tarixiy ahamiyati va me’moriy xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida ekologik jihatdan toza transport vositasi — trolleybus orqali Ichan qal’a hududiga borilgani alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Bu esa yoshlar orasida ekologik madaniyatni targ‘ib etishda muhim jihatlardan biri sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, talabalar Jaloliddin Manguberdi haykalini ziyorat qilib, buyuk tarixiy shaxs xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shuningdek, Avesto yodgorligiga tashrif buyurilib, qadimgi sivilizatsiya va madaniyat ildizlari bilan tanishildi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirish hamda ekologik ong va mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tajriba bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

“Orol dengiziga poyezd” ekologik aksiyasi doirasida O‘zDJTU vakillarining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan madaniy va ekologik tadbirlarning eng yorqin lahzalari video lavhada jamlandi.

Unda Ichan qal’adagi “Cho‘girma” flash mob shousi, tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat, trolleybusdagi ekologik tashabbus hamda Jaloliddin Manguberdi haykali va Avesto yodgorligiga tashrif jarayonlari aks etgan.

🎬 Mazkur video orqali ushbu safarning taassurotlari va muhitini yanada yaqqol his etish mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7🔥32👍2