TALABALAR BAHORI DOIRASIDA MADANIY MEROS MASKANLARIGA TASHRIF
“Talabalar bahori” umumrespublika festivali doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari uchun Nukus shahridagi muhim madaniy meros maskanlariga tashriflar ham tashkil etildi.
Xususan, ishtirokchilar Nukusda joylashgan Sovetskiy muzeyi hamda Berdaq nomidagi muzeyga tashrif buyurib, ushbu maskanlarda saqlanayotgan boy tarixiy eksponatlar, nodir asarlar va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida tajribali gidlar hamrohligida muzey ekspozitsiyalari bo‘ylab sayohat uyushtirilib, har bir eksponatning yaratilish tarixi, uning ilmiy va madaniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar va vakillar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yurtimizning boy tarixi va madaniyati haqida yanada chuqur tasavvurga ega bo‘ldilar.
Mazkur madaniy tashriflar yoshlar qalbida milliy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirib, tarixiy qadriyatlarni asrab-avaylash g‘oyalarini yanada mustahkamladi.
“Talabalar bahori” festivali doirasida o‘tkazilayotgan bunday ma’rifiy tashabbuslar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
UNIVERSITETDA “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI O‘TKAZILDI
3-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar, startap loyihalar va kreativ tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar va talabalar o‘rtasida startap loyihalarni rivojlantirish, innovatsion hamda kreativ g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i hamda universitet rektorining qarori asosida o‘tkazildi.
Tanlovning universitet bosqichida barcha fakultetlarda o‘tkazilgan saralash bosqichlarida g‘olib deb topilgan talabalar o‘z loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan yangi mahsulot va xizmatlar yaratish, mavjud muammolarga innovatsion yechimlar taklif etish, startap loyihalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan kreativ g‘oyalar ilgari surildi.
Tanlov davomida har bir ishtirokchi o‘z loyihasini taqdimot shaklida himoya qilib, tanlov komissiyasi tomonidan innovatsionlik darajasi, amaliy ahamiyati, ijtimoiy foydasi, iqtisodiy samaradorligi hamda joriy etish imkoniyatlari kabi mezonlar asosida baholandi.
Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan loyihalar saralab olinib, tanlovning keyingi — Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi natijalari
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi yakunlandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin – Tarjimonlik fakulteti, 2316-guruh talabasi Xolmirzayeva Sevinch – “Silk.uz” loyihasi bilan;
🥈 2-o‘rin – Ingliz tili 3-fakulteti, 2241-guruh talabasi Bobojonova Nodira – “Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan talabalar uchun adabiyotshunoslik fanidan ilmiy kitoblarni ovozlashtirish” loyihasi bilan;
🥉 3-o‘rin – Magistratura bo‘limi 24/25-36 guruh, Lingvistika 2-bosqich talabasi Qutbidinov Axror – “BandBoost” loyihasi bilan.
Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz hamda g‘oliblarga respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥2👍1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🤩1