O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.57K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

3-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi tomonidan “Tilshunoslikda antroposentrizm: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Tadbir offline va online tarzda o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti va Qo‘qon davlat universiteti professorlari ishtirok etdi. Ular zamonaviy tilshunoslikda antroposentrik yondashuvning dolzarbligi, til va inson omilining o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, tilning kognitiv, pragmatik va lingvomadaniy jihatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

Ma’ruzachilar antroposentrizm asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, til va tafakkur munosabati, madaniy kodlar hamda diskurs tahliliga oid masalalar bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Anjuman yakunida tilshunoslikda inson markazli yondashuvni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
KINO-TERAPIYA MASHG‘ULOTI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” boʻlimi psixologi Sh.Boʻstonova tashabbusi bilan Sharq filologiyasi fakulteti dekan muovuni U.Nazarov hamda Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi sardori Sh.Meliqoʻziyeva hamkorligida “Yoshlar kuni” doirasida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun, ochiq osmon ostida navbatdagi kino-terapiya mashg‘uloti tashkil etildi

Mashg‘ulot davomida The Pursuit of Happyness filmi namoyish etildi.

Mazkur film shunchaki badiiy asar emas — u real hayotiy voqeaga asoslangan, insonning qiyinchiliklarga qaramay oldinga intilishi, sabr va matonati haqida chuqur hikoya qiladi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar film qahramoni misolida:
— qiyin vaziyatlarda ham imkoniyat izlash
— o‘ziga ishonchni yo‘qotmaslik
— maqsad sari intilish
kabi muhim xulosalarga kelishdi!

Eng muhim xulosa:
Har qanday qiyinchilik vaqtinchalik, lekin sabr va harakat insonni natijaga olib keladi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Forwarded from UzSWLU sports club
🏑 O‘zbekiston chempionati g‘alaba bilan boshlandi!

Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha kattalar (ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 1-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi musobaqada Toshkent shahar terma jamoasi “ADCHTI” (Andijon viloyati ) jamoasiga qarshi maydonga tushib, ishonchli o‘yin namoyish etdi. Toshkent shahar terma jamoasi nomini OʻzDJTU talaba-qizlari himoya qilishmoqda.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida Toshkent shahar jamoasi 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

📸 Musobaqa jarayonlaridan fotolavhalar ushbu post orqali taqdim etilmoqda.

Jamoamizga keyingi o‘yinlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!
12👏5🔥2👍1🎉1