O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.58K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

INGLIZ TILI №2 FAKULTETIDA YETAKCHI TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

2026-yil 2-aprel kuni universitetda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi rahbari L. Zaripov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimi rahbari B. Xashimov, Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z. Norboyev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D. Xamdamovlar ishtirokida Ingliz tili №2 fakulteti yetakchi talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida darslar samaradorligi, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ularning umumiy bahosi yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, noqonuniy holatlarning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar va savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, talabalar yetakchilari bilan ta’lim tizimida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi. L. Zaripov o‘z chiqishida talabalar fikrini muntazam o‘rganish maqsadida @uzdjtu_uzbot ishga tushirilganini ta’kidlab, barcha yoshlarni faol fikr bildirishga chaqirdi.

O‘z navbatida, B. Xashimov noqonuniy xatti-harakatlardan ogoh bo‘lish, ularga aralashmaslik hamda bunday holatlarning oqibatlari haqida tushuntirish berdi.

Yig‘ilish yakunida talabalar yetakchilariga tashabbuskor, mas’uliyatli va boshqalarga ijobiy o‘rnak bo‘ladigan shaxslar sifatida faol bo‘lish tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Forwarded from Edu.uz
📣“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!

24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.

Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.

👆Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing.

📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🧑‍💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.

👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

3-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi tomonidan “Tilshunoslikda antroposentrizm: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Tadbir offline va online tarzda o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti va Qo‘qon davlat universiteti professorlari ishtirok etdi. Ular zamonaviy tilshunoslikda antroposentrik yondashuvning dolzarbligi, til va inson omilining o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, tilning kognitiv, pragmatik va lingvomadaniy jihatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

Ma’ruzachilar antroposentrizm asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, til va tafakkur munosabati, madaniy kodlar hamda diskurs tahliliga oid masalalar bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Anjuman yakunida tilshunoslikda inson markazli yondashuvni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
KINO-TERAPIYA MASHG‘ULOTI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” boʻlimi psixologi Sh.Boʻstonova tashabbusi bilan Sharq filologiyasi fakulteti dekan muovuni U.Nazarov hamda Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi sardori Sh.Meliqoʻziyeva hamkorligida “Yoshlar kuni” doirasida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun, ochiq osmon ostida navbatdagi kino-terapiya mashg‘uloti tashkil etildi

Mashg‘ulot davomida The Pursuit of Happyness filmi namoyish etildi.

Mazkur film shunchaki badiiy asar emas — u real hayotiy voqeaga asoslangan, insonning qiyinchiliklarga qaramay oldinga intilishi, sabr va matonati haqida chuqur hikoya qiladi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar film qahramoni misolida:
— qiyin vaziyatlarda ham imkoniyat izlash
— o‘ziga ishonchni yo‘qotmaslik
— maqsad sari intilish
kabi muhim xulosalarga kelishdi!

Eng muhim xulosa:
Har qanday qiyinchilik vaqtinchalik, lekin sabr va harakat insonni natijaga olib keladi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Forwarded from UzSWLU sports club
🏑 O‘zbekiston chempionati g‘alaba bilan boshlandi!

Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha kattalar (ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 1-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi musobaqada Toshkent shahar terma jamoasi “ADCHTI” (Andijon viloyati ) jamoasiga qarshi maydonga tushib, ishonchli o‘yin namoyish etdi. Toshkent shahar terma jamoasi nomini OʻzDJTU talaba-qizlari himoya qilishmoqda.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida Toshkent shahar jamoasi 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

📸 Musobaqa jarayonlaridan fotolavhalar ushbu post orqali taqdim etilmoqda.

Jamoamizga keyingi o‘yinlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!
12👏5🔥2👍1🎉1