O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.6K photos
2.95K videos
323 files
9.59K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

INGLIZ TILI №3 FAKULTETI GURUH SARDORLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

2-aprel kuni universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimi boshlig‘i B. Xashimov tomonidan Ingliz tili №3 fakulteti guruh sardorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning qoniqish darajasi, shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish masalalari keng muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, guruh sardorlari bilan ta’lim jarayoniga oid mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. L. Zaripov o‘z nutqida universitetda talabalar fikrini o‘rganish maqsadida @uzdjtu_uzbot ishga tushirilganini ma’lum qilib, barcha talabalarni o‘z taklif va mulohazalarini faol bildirishga chaqirdi.

B. Xashimov esa korrupsiyaning oldini olish, talabalarning bunday holatlarga aralashib qolmasligi hamda uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berdi.

Uchrashuv yakunida guruh sardorlariga o‘quv jarayonida faol, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lib, tengdoshlari uchun ijobiy namuna bo‘lish tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🟦🟦🟦🟦

INGLIZ TILI №3 FAKULTETIDA MILLIY REYTING MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Universitet rektorining 2026-yil 30-martdagi “Universitetda fakultetlarning milliy reytingini yuritish” to‘g‘risidagi 102/11-08-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 2-aprel kuni Ingliz tili №3 fakultetida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekani hamda barcha kafedra mudirlari ishtirok etdi. Unda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov, Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z. Norboyev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Xashimovlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida fakultetda milliy reyting tizimini shakllantirish, universitet miqyosidagi reytingda yuqori o‘rinlarni egallash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Xususan, milliy reyting indikatorlari va baholash mezonlari, 2026–2027 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan ishlar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarning kafedralar kesimida bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va inson omili aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, o‘quv va ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish, dars sifatini oshirish hamda o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish bo‘yicha fakultet rahbariyatiga tegishli tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish va fakultet faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish muhimligi alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
📢 E’LON

Hurmatli universitetimiz xodimlari va bitiruvchi talabalar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, shuningdek, 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda 2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida, universitetda Registrator ofisi tomonidan tashkil etilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi"ga barchangizni taklif etamiz.

📅 Sana: 2026-yil 6-aprel
Vaqt: 10:00
📍 Joy: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, G9-A, 21-uy (asosiy bino)
📍 Tadbir: “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”

Universitetimiz xodimlari, talaba va bitiruvchi talabalarini mazkur yarmarkada faol qatnashishga taklif etamiz.

Eslatma: Talabalar til bilish sertifikatlari bilan yarmarkada qatnashishlari ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradi va tavsiya etiladi.
2👍1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“TURK AN’ANALARI VA BAYRAMLASHUV” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

2-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi turk tili o‘qituvchisi Cennet Durnaz Güler boshchiligida Turk-2319, 2519 va 2520-guruh talabalari ishtirokida “Turk an’analari va bayramlashuv” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Turkiyada bayramlarda mehmon kutib olish va mehmondorchilik odatlari muhokama qilindi. Xususan, Navro‘z bayrami misolida O‘zbekiston va Turkiya an’analari qiyosiy tahlil qilinib, ikki xalq o‘rtasidagi o‘xshashliklar va mushtarak jihatlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, talabalarga turk madaniyatidagi mehmondo‘stlik an’analari, bayramona muhit va urf-odatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida turk mehmondo‘stligining ramzi sifatida ishtirokchilarga turk lokumi hamda kolonyasi (xushbo‘y suv) ulashildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Talabalarni ish bilan ta’minlash — ustuvor yo‘nalish

O‘zbekiston Islom sivilizatsiya markazida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari hamda Tarjimonlik fakulteti “Gid hamrohligi va tarjimashunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari ishtirokida suhbat tashkil etildi.

Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra, 36 nafar ishtirokchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Saralangan talabalar uchun joriy yilning 2-aprel sanasidan boshlab O‘zbekiston Islom sivilizatsiya markazida 2 haftalik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.

Universitetda tashkil etilgan "Gid-tarjimonlik" tayyorlov kursida o'qish istagini bildirgan talabalar quyidagi 👉 havola 👈 orqali bog'lanishlari mumkin.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 2-aprel kuni, OʻzDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti huzuridagi Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №2 kafedrasiga biriktirilgan tayanch doktorantlar Abdug’affarova Arofat va Israilova Dilxumor, shuningdek, kafedraning katta o‘qituvchisi Raxmatova Nargiza tomonidan “Ilmiy maqola yozish sirlari va maqola yozishdagi xatoliklar mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

📌 Seminar davomida talabalar quyidagi savollarga javob olishdi:

🔹 Ilmiy maqolalar yozishdagi asosiy e’tibor beriladigan jihatlar qaysilar?
🔹Maqola yozishda asosiy va umumiy xatoliklar qaysilar?
🔹Jurnallarga va konferensiyalarga maqola yozishda nimalarga e’tibor berish kerak?

📚Talabalar seminar mashg‘ulot davomida ushbu mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱 Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1