O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.4K photos
2.94K videos
323 files
9.57K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida tashkil etildi. Darsni 1-bosqich 2524-guruh talabalari Xurmatoy Tojiboyeva va Raxmonqulova Aziza olib bordi.

Mazkur mashg‘ulot “How’s the weather?” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida o‘quvchilarga mavzuga oid yangi lug‘at birliklari o‘rgatildi, “warm up” mashg‘ulotlari orqali ularning mavzuga bo‘lgan qiziqishi oshirildi. Shuningdek, o‘quvchilar “Future Simple” zamoni bilan tanishtirildi.


Mashg‘ulot davomida interaktiv metodlardan samarali foydalanilib, o‘quvchilar ishtirokida turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga mustahkamlovchi topshiriq va vazifalar berildi.

Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga hamda ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda :
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍21
🔰 O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi V.A.Orexin-Rijina TFRA-2410 guruhi bilan 2026 yil 1-aprel sanasida “Les Français et la cuisine” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda fransuz tilida muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, mavzuga oid lug‘atni boyitish va gastronomiyaga oid bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


♻️ Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va Fransiyaning urf-odatlari va ovqatlanish odoblari tahlil qilindi.


🧩 To‘garak davomida interaktiv mashqlar va krossvordlar yechildi. Shuningdek mavzuga doir kichik xazilomus saxna ko‘rinishi namoishy etildi. Bundan tashqari, talabalarga notanish matn ustida ishlash, uni batafsil tushunish va tahlil qilish taklif etildi.

Bunday to‘garaklar talabalarning kommunikativ, lingvistik va madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali natijalar beradi.


📍https://t.me/RGTT_TF
👍52👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“GOLD TALENTS” XALQARO TELEVIDENIYON TANLOVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga!

2026-yilning 24–27-aprel kunlari Toshkent shahrida musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha “Gold Talents” xalqaro televizion tanlovi bo‘lib o‘tadi.

🌍 Mazkur tanlovda 10 dan ortiq davlatlardan iqtidorli yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda OTM talabalari ham faol qatnashishlari mumkin.

🎭 Tanlov yo‘nalishlari:
fortepiano, torli va estrada cholg‘ulari, xalq cholg‘ulari, akademik va estrada xonandaligi, an’anaviy ijrochilik, xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at, folklor, xor hamda she’riyat.

🏆 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
— 1-bosqichda g‘oliblar aniqlanadi
— 2-bosqichda faqat 1-o‘rin sohiblari ishtirok etadi

🎓 G‘oliblar diplom, medal, sertifikatlar, maxsus sovg‘alar hamda xalqaro stipendiyalar bilan taqdirlanadi.

📥 Arizalar qabuli: 2026-yil 24-martdan 23-aprelga qadar
🤖 Ro‘yxatdan o‘tish: @newtalents_24

📞 Aloqa uchun:
+998 95 008 59 29
+998 95 008 69 29

Nizom bilan tanishing:

❗️Iqtidorli talabalarni ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! O‘z iste’dodingizni namoyon etish va xalqaro sahnaga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#YoshlarKuni

🟦🟦🟦🟦

Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia boshlig‘i o‘rinbosari Qahramon Xudoyberganov hamda Uchtepa tumani IIO FMB 1-IIB boshlig‘i, mayor A.A. Turayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, xavfsiz hayot tarzini shakllantirish hamda yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga huquqiy bilimlarni mustahkamlash, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va ularning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, real hayotiy misollar asosida tushuntirishlar olib borildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘z savollari bilan faol ishtirok etdilar hamda mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1